Buxoro yangiliklari

Hokimiyat bolalarning sunnat to‘ylarini o‘tkazib berdi

photo 439

Loading

Buxoro tuman hokimligi hamda saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan “Rabotiqalmoq” mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj 7 nafar kam ta’minlangan oilalar farzandlarining sunnat to‘ylari o‘tkazib berildi.

Milliy an’analarimiz asosida o‘tkazilgani sunnat to‘yi barchaga quvonch hadya etdi, to‘y-bolalar va ularning ota-onalari qutlovlardan mamnun bo‘ldilar.

Tantanali tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning hayotdan rozi bo‘lib yashashini ta’minlash, mehr-oqibat, bag‘rikenglik hamda xayru saxovat muhitini yanada mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganini ta’kidlab, bolalarga to‘y sarposi, ust-bosh va esdalik sovg‘alari topshirildi.

photo 02 140

Milliy an’analarimiz qadrlangan, ezgulikka yo‘g‘rilgan bu kabi xayrli ishlar yurtdoshlarimiz qalbida mehr-oqibat, saxovat, odamiylik, ezgulik fazilatlarini, shuningdek ertangi kunga bo‘lgan umid va ishonchlarini mustahkamlamoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.