Mashhurlar
Jasur Umirov ikkinchi bor uylanmoqchiligini aytdi
Xonanda Jasur Umirov “Sugʻdiyona” gazetasiga bergan intervyusida ikkinchi bor uylanmoqchilgini taʼkidladi.
Uning soʻzlariga koʻra, qiz qidirishni toʻxtatgan. Xonanda boshi toshga tekkach, shu fikrga kelganini aytdi. U sevgisiz ham oila qurish mumkinligini taʼkidladi. Jasur Umirov oddiy oilaning qiziga uylanishni istaydi. Shuningdek, xonanda qiz kamgap boʻlsa, yana ham yaxshi boʻlishini taʼkidlagan.
“Qiz qidirishga boʻlgan harakatni toʻxtatdim. Boshim toshga tegib, shu fikrga keldim. Endi sevgimni izlamayman, u sevgi meni qidirsin. Sevgisiz ham oila qurish mumkinku. Toʻgʻrisini aytsam, men bilgan sevishgan juftliklarning koʻpi hayotda baxtli emas. Oddiy oilaning qiziga uylanishni xohlardim. Kamgap boʻlsa, undan ham yaxshi”, — deydi u.
Maʼlumot uchun, 2020-yilning oktyabr oyida xonanda Jasur Umirovga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi jinoiy ish qoʻzgʻatilgandi. 2-fevral kuni jinoyat ishlari boʻyicha Kattaqoʻrgʻon shahar sudida boʻlib oʻtgan sud majlisida Jasur Umirov Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Lekin 9-iyun kuni Jasur Umirovga tayinlangan “ozodlikdan mahrum qilish” jazosi “ozodlikdan cheklash” jazosiga oʻzgartirilgan. Shuningdek, qamoqxonadan ozod etilgan Jasur Umirovning Shahzoda Moʻminova bilan oila qurgani maʼlum boʻlgan edi. Toʻy marosimi Jasur Umirov qamoqxonada jazo muddatini oʻtayotgan vaqtda boʻlib oʻtgan. Shahzoda Moʻminova kelinlik liboslarini kiyib, marosimda yigʻilganlarga kelin salom qilgan.
Manba: shoubiz.uz
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi