Buxoro yangiliklari

IIB Buxorodagi maktablarda «Tig‘» tadbirlarini o‘tkazmoqda

photo 539

Loading

Buxoro IIB Voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlari umumtaʼlim maktablarida “Davomat” va “Tig‘” tadbirlarini o‘tkazib kelishyapti. Bunda maktab masʼullari, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida turli illatlarning salbiy oqibatlari batafsil tushuntirilib, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga doir profilaktik targ‘ibotlar olib borilmoqda. Shuningdek, firibgarlik, o‘g‘irlik va kiber-jinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslik yo‘llari tushuntirilmoqda.

Bundan tashqari, joylarda nazorat tadbirlari o‘tkazilib, ko‘chalarda qarovsiz va nazoratsiz yurgan voyaga yetmaganlar aniqlanib, qonuniy vakillariga topshirilmoqda. Yana maktablarda balog‘at yoshidagi qiz bolalar o‘rtasida erta turmush va erta tug‘ruq oqibatlari hamda ular ishtirokida “Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish” mavzularida savol-javoblar olib borilmoqda, – deya yozmoqda “Postda” muxbiri M. Ahadov o‘zining maqolasida.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.