Buxoro yangiliklari
Buxoro tumanida yangi sayyohlik zonasi ochiladi – foto
Joriy yilning 13-sentabr kuni Buxoro tumanining Sheyxon mahallasidagi “Sheyxan etno-markazi” ga viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tashabbusi bilan Buxoro viloyatidagi turistik kompaniyalar uchun info tur tashkil qilindi.
Mazkur markazda milliy an’analarimiz va qadriyatlarimiz aks etgan shou-programmalar va etnik taomlar taqdim etiladi.
Info-tur ishtirokchilari etno-markaz faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Kelajakda ushbu joy yangi turistik marshrutga aylantiriladi. “Sheyxan etno-markazi” ning chilishi joriy yilning 16-sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Shu o‘rinda qadim Buxoroning sayyohlik potesiali haqida kichik ma’lumotni taqdim qilamiz.
Buxoroi sharif – O‘zbekistonning sayyohlik durdonalaridan biridir. Tarixiy shahar markazi UNESCO ning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Shaharning yoshi 2500 yildan oshgan. Bilingki, Buxoroda bo‘lmaganlar ko‘p narsani yo‘qotadilar.
Qadimiy sharqona ertakning muhitiga tushib qolishni istasangiz, Buxoroning eng diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiling:
- Poyi Kalon meʼmoriy yodgorligi (ShHT tomonidan “sakkizinchi mo‘jiza” deya e’tirof etilgan);
- Ark qalʼasi;
- Somoniylar maqbarasi;
- Chashmai Ayub maqbarasi;
- Mag‘oki Attor masjidi;
- Mirzo Ulug‘bek madrasasi;
- Miri Arab madrasasi;
- Labi Hovuz ansambli va boshqalar.
Iqlimi
Bu yerdagi yozni issiq va qurg‘oq deb taʼriflash mumkin, shuning uchun yilning bu faslida Buxoroga sayohat qilganda o‘zingiz bilan soyabon va quyosh nuridan saqlovchi krem olishni unutmang. Buxoroda qish juda yumshoq, ammo iliq narsalarni ham eʼtibordan chetda qoldirmang!
Sovg‘alar va suvenirlar
Buxoroning ko‘chalarida ko‘plab turli xil esdalik do‘konlarini va ustaxonalarini topishingiz mumkin. Baʼzida barcha suvenirlar bir xil bo‘lib tuyuladi, ammo unday emas. Har bir sotuvchida sizni ajablantiradigan narsa bo‘ladi!
Buxoro – O‘zbekistonning to‘quv poytaxti! Agar siz zamonaviy va didli, hamda milliy kiyim-kechaklar olishni istasangiz, unda, albatta, Buxoroga tashrif buyurishingiz lozim. Do‘konlarning aksariyati Buxoro shahrining Labi Hovuz majmuasi va Poi Kalon ansambli yonidagi savdo toqlarida joylashgan. Tayyor kiyimlar bilan bir qatorda siz ipat matosini o‘zini ham xarid qilishingiz mumkin. Bunday matoni Armani savdo uyi o‘z kolleksiyasida ham ishlatgan. U arzon emas albatta, lekin o‘z narxiga arziydi.
Buxoro shuningdek, mahalliy gilamlari bilan ham mashhur. Gilamlarning sifati Hindiston, Pokiston va Eronnikidan kam emas va baʼzan ulardan ham yaxshiroqdir.
Ekzotika shinavandalari uchun Buxoro maxsus mahorat bilan yasaladigan cholg‘u asboblari yoki qo‘lda yasalgan pichoqlarni taklif qilishi mumkin.
Taomlar
O‘zbekistondagi barcha shaharlarining asosiy taomlaridan biri bu – palov. Agar siz mamlakatimizning barcha hududlarini aylanib chiqsangiz, bu taomning xilma-xilligida hayratda qolishiz aniq. Har bir shaharda odamlar sizni mamlakatdagi eng yaxshi palov shu yerda ekanligiga ishontirishadi. Faqatgina hammasini ta’tib ko‘rgandan so‘ng, sizga qaysi biri yoqishini anglay olasiz. Buxoro palovi “Oshi sofi” deb ham ataladi, pishirish usuli tufayli parhez taomlar sirasiga kiradi. U o‘ziga xos tarzda tayyorlaniladi, undagi masalliqlar Andijon yoki Toshkentdan farqli o‘laroq bir-biriga aralashtirilmaydi. Yana bir xususiyati shundaki, u faqat mis qozonda pishiriladi. Buxoro taomlariga halisa yoki qayish kabi taomlar kiradi.
Fotosurat zonalari
Fotosuratlar har qanday sayohatning ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu bo‘limda sizni mazkur shaharning eng go‘zal joylari bilan tanishtiramiz.
O‘zbekistonning diniy diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishda ayollarga tananing ochiq joylarini (yelkalari, bel va oyoqlari) yopishlari tavsiya etilishini yodingizda saqlang. Bunday joylar tegishli shartli belgilar bilan alohida belgilangan (☪️☦️✡️✝️).
Ark qo‘rg‘oni – ming yillik tarix davomida ko‘p marta buzilib, qayta qurilgan va har safar yanada yaxshiroq va mustahkamroq bo‘lgan qadimiy qalʼa. Hozirda siz uning ulug‘vorligidan shaxsan bahramand bo‘lib, uni o‘z xotirangizda mustahkamlab qo‘yishingiz mumkin!
☪️Somoniylar maqbarasi Buxoroning tarixiy qismida joylashgan. U Markaziy Osiyo islom meʼmorchiligining yorqin namunasi bo‘lib, Somoniylar davlatining ikkinchi amiri Ismoil Somoniy tomonidan qurilgan.
☪️Chor Minor nomi bilan ham tanilgan Xalfa Niyozqul madrasasi 1807-yilda ochilgan. Uning g‘ayrioddiy ko‘rinishi tufayli, bu maqbara shahar aholisiga ham mehmonlarga ham birdek yoqadi.
Tarixi
Eng moʻtadil hisob-kitoblarga ko‘ra, bu ulug‘vor shaharning yoshi 2 500 yildan ortiq bo‘lib, uning hududida ko‘plab qadimiy masjidlar, madrasalar va islom avliyolarining maqbaralari mavjud. Qadim zamonlardan beri odamlar barcha musulmon shaharlarga osmondan ilohiy nur tushsa, bu nur faqat Buxorodan yerdan osmonga qarab ko‘tarilishini aytadilar.
Shuningdek, Buxoro X asrning mashhur tarixchisi Narshaxiy tomonidan tarixi deyarli to‘liq hujjatlashtirilgan Markaziy Osiyodagi yagona shahar hisoblanadi. O‘z asarlarida u biron bir shaharning Buxoro kabi ko‘p nomlari yo‘qligini ko‘rsatadi. V asrda Xitoyda u Nyumi deb nomlangan, keyinchalik Tan imperiyasining manbalarida u An, Ansi, Buho va Buhe deb nomlangan. Lekin, ko‘pincha Buxoro nomi bilan atalgan. Etimologlarning fikriga ko‘ra, bu nom sug‘diylarning «buharak» so‘zidan kelib chiqqan va “baxtli joy” deb tarjima qilingan.
Hozir Buxoro hududida 1 asrdan ko‘proq vaqt oldin qurilgan, turli davrlarga tegishli bo‘lgan 140 dan ortiq yodgorliklar, dahalar va mavzelar saqlanib qolgan. Buxoro – nazm va ertaklar shahri deb ham ataladi, chunki butun eski shahar afsonalar va hikoyalar bilan o‘rangan…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi