Buxoro yangiliklari

“Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida mahorat darsi o‘tkazildi

photo 559

Loading

Xattotlik – sehrli san’atdir. U har bir ixlosli qalbni o‘ziga sehrlab qo‘yadi. Uni sir-sinoatining chegarasi yo‘q. Unga bog‘langaningiz sayin uning jozibadorligi, nafosatu go‘zalligi ortib boraveradi. Xattotlik bizni bora-bora Yaratgan bilan bog‘laydi va Uning muhabbatiga oshno etadi. Balki shundandir, muhabbat tafti bilan bitilgan xattotlik asarlari bizni tafakkur qilishga chorlayveradi.

photo 03 137

Kecha, 15-sentabr kuni “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida mashhur xattot Islom Muhammad tomonidan talabalar uchun xattotlik san’ati bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi, – deya xabar bermoqda muassasa Matbuot xizmati . Shuningdek, xattotlikka doir ko‘rgazma ham tashkil etildi.

photo 02 188

Ko‘rgazmada go‘zal xat namunalari hamda rang-barang san’at asarlari namoyish etildi. Havola etilgan xattotlik namunalari madrasa xattoti Islom Muhammad domla va mardasa talabalariga tegishli bo‘lib, arab yozuvini tanigan va tanimaganlarga estetik zavq ulashdi. Ko‘rgazmada ta’lim muassasasi o‘qituvchi va talabalari, ishchi-xodimlari, shuningdek, madrasaga tashrif buyurgan xorijlik sayyohlar ham ishtirok etdilar.

photo 04 104
Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.