Buxoro yangiliklari

“Hududgaz Buxoro”: Suyultirilgan gaz ballonlari texnik shay holga keltirilmoqda

photo 564

Loading

Buxoro viloyatidagi jami 280 ta mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi maishiy gaz balloni iste’molchilari “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali tomonidan suyultirilgan gaz bilan ta’minlanmoqda, deya xabar bermoqda korxona Matbuot xizmati. Ularga joriy yilda 17 000 tonnadan ortiq suyultirilgaz gaz yetkazib berish belgilangan bo’lsa, amaliy jarayonlar rejaga nisbatan 105% ga bajarilgan.

Ma’lumki, sovuq ob-havo vaqtida suyultirilgan uglevodorodli gazning bir qismi og‘ir qoldiqqa aylanadi va yonuvchanligini yo‘qotadi. Shu bois undan foydalanish taqiqlanadi. “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filialining “Romitan”, “Qorako‘l” hamda “Vobkent” gaz to‘ldirish shoxobchalarida og‘ir qoldiq to‘kish ishlari doimiy ravishda olib boriladimi, degan savolga gaz ta’minoti filiali bo’lim boshlig’i Aziz Rasulov quyidagi ma’lumotlarni berib o’tdi:

– Joriy yilning bugungi kuniga qadar jami 94 ming donadan ortiq maishiy gaz ballonlaridan 35 tonnaga yaqin og‘ir qoldiq to‘kib olindi. Shundan, “Romitan” gaz to‘ldirish shoxobchasida 31 ming donadan ortiq maishiy gaz ballonlaridan 16 tonnaga yaqin, “Qorako‘l” gaz to‘ldirish shoxobchasida 31 ming dona maishiy gaz ballonlaridan 70 tonna og‘ir qoldiq to‘kib olingan bo‘lsa, “Vobkent” gaz to‘ldirish shoxobchasida esa bugunga qadar 33 ming donaga yaqin maishiy gaz ballonlari 12 tonnadan ortiq og‘ir qoldiqdan tozalandi. Og‘ir qoldiqni to‘kishda har bir maishiy gaz balloni avval tarozida o’lchanadi, og‘ir qoldiqdan bo‘shatilgach, yana tortilib, so‘ngra maxsus kitobga qayd etib boriladi. Xodimlar tomonidan gaz ballonlarini yetkazib berish jarayonida hosil bo‘luvchi og‘ir qoldiqni o‘zboshimchalik bilan to‘kish mumkin emasligi, uni to‘kib oluvchi maxsus joylar va uskunalar borligi fuqarolarga ta’kidlanmoqda.

Darhaqiqat, ba’zi iste’molchilar o’zboshimchalik bilan maishiy gaz ballonidagi og’ir qoldiqlarni to’kib olishga urinishadi. Bu esa turli baxtsiz hodisalarga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun har bir iste’molchi gaz ballonidan foydalanganda xavfsizlikka rioya qilishi shart.

photo 02 189

Gaz ta’minoti tomonidan aholi uchun yaratiladigan har qanday imkoniyat bugun ularning yashash tarzini ijobiy tomonga o‘zgartirishga hamda farovonligini ta’minlashda xizmat qiladi. Shunday ekan, fuqaro qulayliklardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalansa bas, xavfsizligi ham ta’minlanadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.