Buxoro yangiliklari

Buxoroda tungi xayriya poygasi o‘tkazildi – fotojamlanma

photo 07 36

Loading

“Bukhara night race” – bu “Samarqand Marathon” xayriya poygalari turkumiga mansub xalqaro tungi poygasi bo‘lib, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan Sportni rivojlantirish vazirligi va Buxoro viloyati hokimligi bilan hamkorligida tashkil etilmoqda.

“Bukhara night race” mavsumning eng noodatiy debochasi va O‘zbekistondagi ilk tungi poyga hisoblanib, bugun sharif sharimiz markazida quyosh botayotgan payti start oldi. Tadbir doirasida 5 km va 10 km masofaga yugurish, 5 km ga “Nordic Walking” hamda bolalarning 300 metr va 600 metrga “Kids Run” poyga masofalari tashkilk qilindi. Poygada 2 000 dan ortiq kishi ishtirok etgani aytilmoqda.

Poyga Buxoroning markazi hamda diqqatga sazovor joy va ko‘chalaridagi nurafshon yugurish yo‘lagida bo‘lib o‘tib, ishtirokchilar yana bir bor ko‘hna shahar yodgorliklari bilan tanishtirildi. Ushbu voqelik turdosh mashg‘ulot ixlosmandlari tarmog‘ini kengaytirish va o‘zga mamlakatlardan kelgan ishtirokchilar bilan fikr almashishga turtki bo‘ldi.

Bu yilgi marafonni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – muzeylarni ko‘rish qobiliyatida nuqsoni bo‘lgan kishilar uchun moslashtirishdan iboratdir. To‘plangan mablag‘larga ular uchun maxsus audio-gid, bo‘rtma foto kabi zarur anjomlar xarid qilinishi rejalashtirilgan.

[metaslider id=5719 cssclass=»»]

Tadbir doirasida mehmonlar va ishtirokchilar uchun madaniy dasturlar taqdim etildi. Bundan tashqari, bolalar maydonchasi, ko‘chma tamaddi maskanlari hamda esdalik uchun suratga tushish joylari ham ishtirokchilar xizmatida bo‘ldi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.