Buxoro yangiliklari

IIB xodimlari Buxoro shahridagi ijtimoiy yotoqxonaga nega bordi?

photo 567

Loading

Baʼzida qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasida ayrim ko‘ngilni xira qiluvchi holatlar ro‘y berayotgani qulog‘imizga chalinib qoladi. Aslida qo‘shnilar bilan chiroyli va samimiy munosabatda bo‘lish, holidan xabar olish, ularning xursandchilik va mushkulida sherik bo‘lib, suyanchiq bo‘lish kabi qo‘shnichilik odoblariga rioya qilish ushbu munosabatlarda muhim ahamiyat kasb etadi.

Baʼzan tushunmovchilik orqali qo‘shnilar o‘rtasiga xafachiliklar sodir bo‘lib, odatda, bu kabi holatlar ko‘proq ularning yosh bolalari o‘rtasida yuzaga keladi. Shunday paytda, ota-onalar o‘z farzandlarini odobga chaqirib, o‘zaro hurmat-izzatni saqlasalar ayni muddao bo‘ladi.

Kuni kecha viloyat IIB va mahalla mas‘ullari, din ishlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Buxoro shahridagi “Ahmad Donish” mahallasida joylashgan ehtiyojmand oilalarga mo‘ljallangan Ijtimoiy yotoqxonada profilaktik targ‘ibot tadbirlari olib borildi, deya xabar bermoqda boshqarma Matbuot xizmati.

Bunda, qo‘shnichilik tushunchasi xalqimizning hayotida mustahkam o‘rnashib, bu borada ko‘plarga ibrat bo‘lib kelayotgani ayniqsa, mahallalarimizda qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasida o‘zaro maslahatlashish va yordamlashish urf-odatlarimizga aylanib ketgani bir qator misollar orqali batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, notinch oilalar muhitini sog‘lomlashtirish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik hamda ular ishtirokida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni barvaqt oldini olish borasida ayollarning huquqiy savodxonligini oshirish to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.