Buxoro yangiliklari

Fransiyalik sayyoh “Tourist Police” ga nega murojaat qildi? – foto

photo 569

Loading

Kuni kecha sharif shahrimizga sayyoh sifatida tashrif buyurgan fransiyalik Buri Lourens (Bouret Laurence) o‘z ehtiyotsizligi sabab. qo‘l telefonini yo‘qotib qo‘yadi.

Shunda u eski shahar qismida joylashgan «Tourist police» (Buxoro viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi) xodimlariga murojaat qildi.

Tezkor xodimlarning saʼy harakatlari tufayli esa uning mobil telefoni qisqa fursatda topilib, egasiga qaytarildi, deya xabar bermoqda boshqarma matbuot xizmati.

photo 01 147

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bugungi kunga kelib Buxoro viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasining zamonaviy binosidagi Situatsion markaz ham zarur axborot-kommunikatsiya vositalari va jihozlar hamda zaruriy dasturiy taʼminot bilan taʼminlangaligi va uning turistik obyektlarga oʻrnatilgan “SOS” tashvish tugmalariga ulanganligi, alohida ahamiyatga egadir.

Sababi, qayerda tinchlik, xotirjamlik boʻlsa, oʻsha hudud investorlarni ham, turistlarni ham koʻproq qiziqtiradi. Oʻzbekiston shu jihatdan doim eʼtiborda boʻlgan.

Mamlakatning turistik salohiyati, qolaversa, sayyohlar oqimining koʻpligi, ularga alohida eʼtibor qaratish zarurati inobatga olinib, bundan bir necha yil muqaddam yurtimizda xavfsiz turizm tizimi shakllantirildi.

Davlatimiz rahbarining 2018-yil 8-maydagi qaroriga muvofiq Ichki ishlar vazirligida Xavfsiz turizmni taʼminlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etildi.

photo 03 140

Mazkur boshqarma sayyohlik namoyishi obyektlari va infratuzilmasi hududlarida tezkor vaziyatni tizimli tahlil qilish, sodir etilgan huquqbuzarliklar sabablari va sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etish yuzasidan manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etmoqda.

Turistlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari, hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkini jinoiy tajovuzlardan himoya qilinishini muvofiqlashtirish yoʻlga qoʻyilgan. Turistlarning murojaatlari tezkor va sifatli koʻrib chiqilishi taʼminlanmoqda.

IIV ning 2020-yil 30-yanvardagi buyrugʻi bilan Vazirlik Xavfsiz turizmni taʼminlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi tuzilmasida turistlarning murojaatlari bilan ishlash boʻyicha «Call-markaz» tashkil etildi hamda “102” markazlashgan tizimi doirasida «Call-markaz» ning respublika boʻyicha telefon orqali tunu-kun murojaat qilish imkonini beruvchi “1173” qisqa raqami ishga tushirildi.

Ichki ishlar organlari xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan 2021-yil 7 oyda respublikamizga kelgan 1,1 milliondan ortiq (2019-yilda 8 milliondan ortiq, 2020-yilda 2 milliondan ziyod) chet el fuqarolarning hamda 2,2 milliondan ortiq (2019-yilda 13 million, 2020-yilda 4,5 million) mahalliy sayyohlarning xavfsizligi taʼminlandi.

photo 02 192

Ushbu davrda xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan 33 (2019-yilda 84, 2020-yilda 27) xorijiy davlat va tashkilotlarning 202 (2019-yilda 993, 2020-yilda 62) delegatsiyasini kutib olish, xavfsizligini taʼminlash va kuzatish bilan bogʻliq tadbirlar tashkil etilib, tashriflar davomida koʻngilsiz holatlarga yoʻl qoʻyilmadi.

Tashrif obyektlarida xizmat olib borayotgan xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari xodimlariga turli masalalarda yordam soʻrab 8 500 (2019-yilda 57 ming, 2020-yilda qariyb 15 ming) xorijiy hamda 36 000 ga yaqin (2019-yilda 43 ming, 2020-yilda 26,3 ming) mahalliy turistlar murojaat qilgan va ularning barchasiga amaliy yordam koʻrsatilgan.

Jismoniy va yuridik shaxslarning 85 (2019-yilda 34, 2020-yilda 888) murojaati koʻrib chiqilib, yechimini topgan. Xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan jami 6 mingdan ziyod (2019-yilda 8,6 ming, 2020-yilda 5,3 ming) turli yoʻnalishda profilaktik tadbirlar oʻtkazilgan.

Turistlarga nisbatan sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.