Buxoro yangiliklari

Qorako‘l tumanida navbatdagi mahalla tibbiyot punkti foydalanishga topshirildi

photo 574

Loading

Qorako‘l tumanidagi «Kamolot» MFY da navbatdagi mahalla tibbiyot punkti foydalanishga topshirildi. Yangi tibbiyot punkti ochilish marosimida Qorako‘l tumani hokimi Xurshid Toxirov boshchiligidagi jamoatchilik vakillari, nuroniylar ishtirok etdilar, – deya xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.

Rasmiy ochilish marosimidan so‘ng tadbirda qatnashganlar shifo maskanida yaratilgan sharoit va qulayliklar bilan tanishdilar.

Qayd etish joizki, mazkur tibbiyot punkti «Mirzaqala» oilaviy shifokorlik punktining «Kamolot» filiali sifatida faoliyat boshlagan bo‘lib, elektr hamda issiq-sovuq suv bilan uzluksiz ta’minlangan. Ushbu tibbiyot maskanida 1 nafar umumiy amaliyot shifokori, 5 nafar o‘rta tibbiy brigada hamshirasi xalqqa beminnat xizmat olib boradi.

Bundan tashqari aholini talab va istaklarini inobatga olib, maskanda oliy ta’lim muassasasining shu yilgi bitiruvchisi stomatolog Shahzod Jumaboyev ham ishga qabul qilingan bo‘lib, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, yaqin orada muassasada ijtimoiy dorixona ham tashkil qilish rejalashtirilgan.

photo 02 195

Natijada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish, stomatolog qabulida bo‘lish uchun yoki kerakli dorilarni xarid qilish uchun «Kamolot» mahallasidan ~6 km uzoqda joylashgan dorixonaga borishlariga hojat qolmaydi. Qorako‘l tumandagi chekka qishloqlarda ham mahalla tibbiyot punktlarini tashkil qilish ishlari davom ettirilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.