Buxoro yangiliklari

Buxoro shahridagi “roddom” nega yopildi? Homilador ayollar endi nima qiladi?

photo 581

Loading

Viloyat tibbiyot birlashmasi Axborot xizmatining xabar berishicha, Buxoro shahri, Abdulxoliq G‘ijduvoniy ko‘chasi yo‘li yoqasida joylashgan 1-tug‘ruq kompleksida joriy yilning 21-sentabrdan e’tiboran issiqlik uzatish tizimini to‘liq yangilash uchun qurilish va montaj ishlari boshlanadi.

Shu munosabat bilan, sanitariya qoidalari va me’yorlari talablariga rioya qilish maqsadida, mazkur tug‘ruqxonaga homilador va tuqqan ayollarni qabul qilish 1 haftalik muddatga vaqtincha to‘xtatiladi.

Endilikda 28-sentabrga qadar homilador ayollar patologik holatda – Buxoro shahar perinatal markazga, fiziologik holatda – masofa yaqinligiga qarab, Buxoro va Kogon tumanlari markaziy shifoxonalarining tug‘ruq bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.

Yuqoridagi tug‘ruqxonalarning ma’muriyatlari bemorlarni hech qanday e’tirozsiz qabul qilishlari haqida ogohlantirilgan.

Lokatsiya:

  1. Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi – ish faoliyati 2022-yilning 28-sentabridan qayta tiklanadi;
  2. Buxoro tumani markaziy shifoxonasi – ish faoliyatida;
  3. Kogon tumani markaziy shifoxonasi – ish faoliyatida.
Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.