Islom
Alloh taolo va Muso alayhissalom oralaridagi suhbat
Biz musulmon ummati bilamizki, Alloh taolo banul basharni hidoyat etish maqsadida dunyoda Payg‘ambarlarni yubordi. Aynan shu hidoyat elchilari sabab bu ummat va oldingi ummat gunoh va savobni, yaxshi va yomonni, jannat va do‘zaxni farqiga bordi. Agar Alloh bu ummatni boshiga ayni Nabiy va Rasullarni yubormaganida, butun insoniyat gunoh va zalolat botqog‘iga botgan bo‘lardi.
Ayni damda so‘zlab bermoqchi bo‘lgan rivoyatimiz ham bir Payg‘ambar sabab gunohlardan tiyilib haq yo‘lda sobit turishlikka har birimizni undaydi. Ushbu hadis rivoyati Jobir ibn Abdulloh r. a. dan rivoyat qilingan bo‘lib, o‘tmishimizning faxri bo‘lgan mashhur faqiyh Abu Lays as-Samarqandiy o‘zlarining “Tanbiyhul-Gʻofiliyn” asarlarida keltiradilar:
«Alloh taolo Muso alayhissalomga yuborgan sahifalar ichida 10 ta bob bo‘lib, birinchi sahifasida yozilgan kalimada Alloh shunday dedi:
“– Ey Muso, Menga hech shirk keltirma. Mening mushriklar yuzi o‘tda yonishi haqidagi so‘zim haqdir. Menga shukur qil, ota-onangga shukur qil, shunda seni halokatdan saqlayman va umringni ziyoda qilaman, yaxshi hayotda yashattiraman va yaxshirog‘iga burib qo‘yaman. Men o‘ldirishni harom qilgan jonni o‘ldirma, zero, Men uni harom qildim. Mabodo, ushbu holat sen tomondan sodir bo‘lsa bilginki, yer senga kengligi bilan ham torlik qiladi, osmon shuncha kattaligi bilan ham senga tanglik qiladi, g‘azabim bilan do‘zaxga tushib qolasan. Mening ismim bilan yolg‘on va gunohkor holatda qasam ichma! Chunki kim Meni poklamasa, ismlarimni ulug‘ tutmasa, men ham uni poklamayman. Odamlarga Men bergan narsalarga hasad qilma. Chunki hasadchi Mening ne’matlarning dushmani, qazoimni rad etuvchi, Men taqsim qilib bergan narsalarga g‘azablanuvchidir. Kim shunday qilsa, u Mendan emas, Men ham undan emasman. Qulog‘ing ma’nosiga yetmagan, aqling anglay olmagan, qalbing bog‘lanmagan narsalarga guvohlik berma. Men qiyomat kuni guvohlarning bergan guvohliklari rostmi yoki yo‘qmi bular haqida qattiq so‘roq qilaman. O‘g‘rilik qilma, qo‘shningni xotini bilan zino qilma! Agar qilsang, sendan yuzimni va osmon eshiklarini berkitaman, duolaringni qabul qilmayman. O‘zing yaxshi ko‘rgan narsalarni o‘zgalar uchun ham yaxshi ko‘r. Mendan boshqaga atab qurbonlik so‘yma, faqat Mening nomimga atab so‘yilgan qurbonlikni qabul qilaman».
Aslida, yuqoridagi nasihatlarning bari biz, ummat uchundir. Payg‘ambarlar esa bu nasihat va vazifalarni bizgacha yetib kelishiga sababchi bo‘lgan vositachilar hisoblanadi. ASo‘raymizki, Alloh barchamizni O‘ziga itoatli, payg‘ambarlariga muhabbatli, sinovlariga sabrli, xayrli amallariga quvvatli, jannatga shijoatli solih bandalar qatorida qilsin!
Muallif: Mirshod Saidov, Buxoro shahridagi “Masjidi Baland” jome’ masjidi imom-xatibi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi