Buxoro yangiliklari
350 000 000 so‘mga ta’mirlangan shifokorlik punkti foydalanishga topshirildi
Buxoro tumani, “Rabotiqalmoq” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Sheyxon” oilaviy shifokorlik punkti mukammal ta’mirlanib foydalanishga topshirildi, – deya xabar bermoqda Buxoro tuman hokimligi axborot xizmati.
Oilaviy shifokorlik punkti binosini ta’mirlash uchun davlat byudjetidan 350 000 000 so‘m mablag‘ sarflandi. “Sheyxon” qishlog‘ida hozirgi kunda 2 000 dan ko‘proq aholi istiqomat qiladi. Qishloq aholisiga 2017-yilgacha ushbu oilaviy shifokorlik punkti tibbiy xizmat ko‘rsatib kelgan. Shu yilda “Dehoji” qishloq oilaviy poliklinikasi tarkibiga qo‘shib yuborilgan edi. Oilaviy shifokorlik punktining qayta tashkil etilishi sheyxonliklar uchun katta qulaylik yaratdi.
Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatov tuman hokimligi vakillari, tibbiyot xodimlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan ochilish marosimida mamlakatimizda keyingi yillarida aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tibbiyot muassasalari uchun moslashtirilgan yangi binolar qurish, ularni ilg‘or va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Yangi ish boshlagan oilaviy shifokorlik punkti zarur tibbiy asbob-anjomlar, jihozlar bilan ta’minlangan. Qolaversa, shifokorlarning samarali faoliyat yuritishi, shuningdek, tashrif buyuruvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi