Buxoro yangiliklari

7-mikrorayonda qurilgan yangi uylar DXX va Milliy Gvardiya xodimlariga topshirildi – fotojamlanma

photo 01 155

Loading

Hukumatimiz tomonidan sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimiz osoyishtaligini qo‘riqlashdek sharafli vazifani ado etayotgan mard o‘g‘lonlarimizning, ularning oilasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida zamonaviy uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirilayotgani xizmatni sidqidildan bajarishlari uchun yana bir turtki vazifasini o‘tashi shubhasizdir.

Kecha, 26-sentabr kuni Buxoro shahrining “Amir Temur” mahallasida “Construction inwestment” qurilish-pudrat korxonasi binokorlari tomonidan qiymati 15 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan 7 qavatli, jami 42 ta xonadondan iborat ko‘p qavatli uy davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamda chegara posbonlari uchun barpo etilgan xonadonlar o‘z egalariga toshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Zamonaviy va shinam uylarni egalariga topshirish marosimida Buxoro viloyati hokimi, viloyat harbiy-ma’muriy sektori rahbari Botir Zaripov, Milliy Gvardiya bo‘yicha boshqarma boshlig‘i hamda boshqa huquq-tartibot idoralari rahbarlari, IIB va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tantanali tadbirda viloyat rahbari o‘z yashash xonadoniga ega bo‘layotgan harbiy xizmatchilarni samimiy muborakbod etib, Vatanimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligi yo‘lidagi sharafli ishlarida muvaffaqiyat tiladi.

[metaslider id=6208 cssclass=»»]

Arzonlashtirilgan narxda va imtiyozli ipoteka krediti qo‘llanilayotgan bu zamonaviy turar joyning har bir xonadoni umumiy to‘lovining 25% li boshlang‘ich badal to‘lovi harbiy xizmatchilarning ish joylari, qo‘mondonlik tomonidan to‘lab berildi. Uyning qolgan 75% li to‘loviga esa uzoq muddatli ipoteka krediti joriy qilingan bo‘lib, bu to‘lov xonadon egalarining oylik maoshiga qaratilayotgani ular uchun ham juda qulay.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.