Buxoro yangiliklari
Buxoro neftni qayta ishlash zavodida O‘zbekistondagi samolyotlarda qo‘llaniladigan yoqilg‘i ishlab chiqariladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan neft mahsulotlari va uglevodorod xom-ashyosi import o‘rnini bosish, mamlakatimizda iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash borasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Import o‘rnini bosadigan, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, yoqilg‘i mustaqilligiga erish bo‘yicha berilgan topshiriqlar hamda belgilangan vazifalar ijrosi holatini o‘rganish uchun “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh “Buxoro neft qayta ishlash zavodi” MChJ ishlab chiqarish maydonlarida bo‘ldi.
Ishchi guruh tashrifi doirasida korxona mutaxassislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda GTL sintetik kerosinini jalb qilish orqali Jet A-1-SSF (Djet A-1) aviatsiya yoqilg‘isini ishlab chiqarishga doir muhim masalalar muhokama qilindi.
Bugungi kunda sintetik yoqilg‘ini qabul qilish uchun barcha infratuzilma tayyor bo‘lgani, uni Jet A-1 aviasiya yoqilg‘isi ishlab chiqarish bo‘yicha tayyor mahsulot darajasiga yetkazish bo‘yicha to‘liq dastur ishlab chiqilgani hamda amalga oshirilgan ishlar hisoboti berildi.
O‘z navbatida, Buxoro NQIZ da sintetik kerosinni qabul qilish va saqlashga mo‘ljallangan har birining hajmi 5 000 metr3 bo‘lgan ikkita sig‘im qurilib, foydalanishga topshirildi.
Loyiha, shuningdek, zavodning an’anaviy Djet A-1 aviayoqilg‘isi bilan aralashtirish va Jet A-1 (JetA-1)-SSF gaz turbinali dvigatellari uchun yarim sintetik aviasiya yoqilg‘isi ishlab chiqarish uchun Buxoro NQIZ ga GTL sintetik kerosinini yetkazib berishni ko‘zda tutadi.
Mazkur loyihani ilk bosqichidan boshlab, Buxoro NQIZ mutaxassislari Jet A-1 aviatsiya yoqilg‘isining sifat ko‘rsatkichlarini buzmasdan, o‘rnatilgan me’yoriy hujjatlar talablari asosida an’anaviy kerosin bilan optimal nisbatni aniqlash uchun shunga o‘xshash GTL zavodlarida ishlab chiqarilgan sintetik kerosin namunalari bilan doimiy ravishda laboratoriya tadqiqotlarini olib borishdi.
Yarim sintetik (Jet A-1 SSF) yoqilg‘isining xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash maqsadida, Buxoro NQIZ mutaxassislari tomonidan, tegishli vazirlik, idoralar va nazorat organlari bilan kelishildi hamda O’z DSt 1117:2007 “Jet A-1 gaz turbinali dvigatellari uchun aviasiya yoqilg‘isi texnik shartlar” Davlat standartiga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
2022-yilning 19-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida yangi mahsulot – Jet A-1 (Jet A-1)-SSF gaz turbinali dvigatellari uchun aviasiya yoqilg‘isi sertifikatlandi va muvofiqlik sertifikati olindi.
2022-yil 23-sentabr kuni “Boeing” kompaniyasi “Uzbekistan GTL” zavodida ishlab chiqarilgan “GTL” kerosinni Buxoro neftni qayta ishlash zavodida tayyorlanadigan an’anaviy “Jet A-1” avia yoqilg‘isi bilan aralashtirish komponenti sifatida ishlatish imkoniyati yuzasidan yuborilgan so‘rovga ijobiy xulosa berdi va rasman tasdiqladi.
25-sentabr kuni esa Fransiyaning “Airbus” aviakompaniyasi aviasiya yoqilg‘isi sohasidagi texnik talablarni tartibga soluvchi “ASTM7566” xalqaro standartlariga asoslanib, xuddi shunday tasdiqnoma yubordi.
Shu bilan birga, Shveytsariyaning mustaqil ekspertiza, nazorat, sinov va sertifikatlashtirish bilan shug‘ullanuvchi “SGS” kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilayotgan “GTL Jet A-1” yarim sintetik aviayoqilg‘isi sifati xalqaro standartlarga muvofiqligini tasdiqladi. Bu esa, aviatsiya uchun yoqilg‘i sifatida foydalanish imkonini beradi.
Bugungi kunda, Buxoro NQIZ da yuqoridagi mexanizmlar asosida, xalqaro standart talablariga to‘la mos keladigan mahsulot ishlab chiqarilib, birja savdolari orqali dastlabki 1020 tonna Jet A-1 (Jet A-1)-SSF rusumli avia yoqilg‘isi “Uzbekistan Airways” kompaniyasiga realizatsiya qilindi.
Respublikamizda ushbu mahsulot ishlab chiqarilishining yo‘lga qo‘yilganligi, nafaqat ichki iste’molchilar, balki dunyoning boshqa davlatlaridan keladigan havo kemalari ehtiyojini qondirilishida, turizm salohiyatini oshishida, shu bilan birgalikda, valyuta mablag‘larini iqtisod qilinishida hamda import o‘rnini bosuvchi asosiy omil sifatida xizmat qiladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi