Islom
Ota-onasiga oq bo‘lgan farzandning 10 ta jazosi
Musulmon ummatining barcha ulamolari ota-onaga oq bo‘lish harom va gunohi kabira ekaniga ittifoq qilishgan. Ota-onasiga oq bo‘lgan, ya’ni ota-onasiga itoatsizligi, yomon xulqi va qo‘pol muomalasi bilan ozor beruvchi, ulardan yaxshiligini ayagan farzand Alloh taolo tomonidan dunyo-yu oxiratda turli uqubatlar bilan jazolanadi.
1. Bunday farzandning rizqi tor qilib qo‘yiladi, mabodo keng bo‘lsa ham, bu istidroj bobidan bo‘ladi. Ya’ni, agar unday farzandning rizqi torayish o‘rniga kengayayotgan bo‘lsa, bu uning foydasiga emas, zarariga bo‘layotgan va uning yanada tug‘yonga ketib, gunohlar jarligiga chuqurroq qulashi uchun amalga oshirilayotgan bir tuzoq bo‘ladi;
2. Ota-onasiga yomonlik qiluvchi kishining umri ota-onasiga yaxshilik qilib, qarindoshlari bilan bordi-keldi qiluvchi kishining umridek uzaytirib qo‘yilmaydi;
3. Payshanbadan jumaga o‘tar kechada uning solih amallari Alloh huzuriga ko‘tarilmaydi;
4. Bunday kimsani Alloh taolo yomon ko‘radi;
5. Uni o‘z ahli oilasi va qo‘ni-qo‘shnilari ham yaxshi ko‘rmaydilar;
6. Bunday farzandning yomon xotima topish ehtimoli bor;
7. Ota-onasiga oq bo‘lgan farzandni Alloh, farishtalar va mo‘minlar la’natlaydilar;
8. Duosi ijobat bo‘lmaydi;
9. U ota-onasiga qanday yomon muomalada bo‘lsa, xuddi shunday muomalani o‘z farzandlari va nabiralaridan ko‘radi. Zero, jazo qilmishning jinsidan bo‘lur;
10. Ota-onasiga oq bo‘lgan farzand tavhid ahlidan bo‘lsa, jannatga birinchilar qatorida kirolmaydi.
Nabiy (alayhissalom) dedilar: “Uch toifa inson borki, Alloh azza va jalla Qiyomat kuni ularga boqmaydi. Ular: ota-onasiga oq farzand, o‘zini erkakcha tutadigan ayol hamda dayus kishi. Yana uch toifa inson jannatga kirmaydi: minnatchi, ota-onasiga oq farzand va xamrga mukkasidan ketgan kishi” (Nasoiy rivoyati). Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinishicha, bir kuni Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): “Xor bo‘lsin!.. Yana xor bo‘lsin!.. Yana xor bo‘lsin!..”, – dedilar. Sahobiylar: “Kim (xor bo‘lsin), yo Rasululloh?”, – deyishdi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi va sallam) dedilar: “Ota-onasining har ikkisi yoki biriga (ularning qarilik chog‘ida) yetishgan-u, lekin (ularni rozi qilib) jannatga kirmagan kishi!” (Imom Muslim rivoyati).
Muallif: Gʻolib Murotov, Romitan tuman “Xokimullomir” jome’ masjid imom-xatibi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi