Islom

Qiblaga qarab oyoq uzatish mumkinmi?

photo 645

Loading

Ko‘pincha qibla tarafga qarab oyoq uzatib yotishga majbur bo‘lamiz. Yoshligimizdan bizga “qiblaga oyoq cho‘zma, yomon bo‘ladi”, – deb o‘rgatishgan. Ammo nega yomon bo‘ladi yoki bu holat shunchaki qiblaga nisbatan hurmatsizlikmi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Qibla — Allohning shiorlaridan, din nishoni va belgilaridan biridir. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi:

ذَلِكَ وَمَن يُعَظِّمْ شَعَائِرَ اللَّهِ فَإِنَّهَا مِن تَقْوَى الْقُلُوبِ ۝

ya’ni: “…Kim Allohning shiorlarini ulug‘lasa, albatta, bu qalblarning taqvosidandir” (“Haj” surasi, 32-oyat).

Shuning uchun qiblaga qarab oyoq uzatib o‘tirish, qibla tarafga qarata tuflash, Qiblaga oldini yoki orqasini qilib hojat chiqarish makruhdir. Alloma Abdulhay Laknaviy rahimahulloh shunday deydilar:

ويكره مد الرجلين إلى الكعبة في النوم وغيره عمدا من غير عذر

“Uyquda yoki uyg‘oqlikda uzrsiz Ka’baga ikki oyoqni uzatish makruh sanaladi” (“An-Nofiul kabir” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.