Buxoro yangiliklari
IIV Buxoro akademik litseyi pedagoglari va o‘quvchilari mukofotlanishdi – foto
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi IIV Buxoro akademik litseyida kuni 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi, – deya xabar bermoqda Buxoro IIB matbuot xizmati.
Akademik litseyning professor-o‘qituvchilari, pedagog xodimlari va litsey o‘quvchilari ishtirok etgan tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o’rinbosari podpolkovnik Umid Utayev hamda ichki ishlar organlarida uzoq yillar samarali mehnat qilib, hozirda keksalik gashtini surayotgan bir guruh faxriy xodimlar ham qatnashishdi.
Dastavval so‘zga chiqqanlar Ichki ishlar vazirining o‘qituvchi va murabbiylarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. So‘ng tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV ning buyrug‘i bilan Akademik litsey o‘qituvchilarining 4 nafari pul mukofotlari, 2 nafari “Ichki ishlar vaziri stipendiyasi” va yana 2 nafari “O‘qishdagi muvaffaqiyatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, Ichki ishlar organlarida keng miqyosda oʻtkazilayotgan “Kasbiy tayyorgarlik oyligi”da namunali ishtirok etgan oʻquvchilarga ham pul mukofotlari berildi.
Akademik litseyning 1 nafar o’qituvchisi IIV ning “Esdalik qoʻl soati” bilan ham taqdirlandi, 6 nafar o‘qituvchilarga esa Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi.
Bundan tashqari yana 71 nafar o‘qituvchi va pedagog xodimlar viloyat IIB Kasaba uyushmasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Tadbir akademik litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy va jangovar chiqishlar, kuy-qo‘shiq va raqslar bilan o‘z nihoyasiga yetdi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi