Buxoro yangiliklari

Buxoro shahridagi shifoxonalarda suv ta’minoti to‘xtatiladi – ro‘yxat

photo 667

Loading

Ertaga, 5-oktabr kuni erta tongdan avariya/tiklash ishlari olib borilishi munosabati bilan 6 ta shifo maskanlarida suv ta’minoti to‘liq to‘xtatiladi. Bular, shahardagi G‘ijduvon ko‘chasi yo‘li yoqasida joylashgan quyidagi muassasalar:
1. viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasi:
2. viloyat Teri tanosil kasalliklari shifoxonasi;
3. viloyat Ruhiy kasalliklar shifoxonasi;
4. viloyat Onkologiya dispanseri;
5. viloyat OITS ga qarshi kurash markazi;
6. viloyat Tug‘ruq kompleksi.

Shuningdek, shahar/tumandagi quyidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarida ham ichimlik suvi uzatilishi cheklanadi:
1. “Sitorai Moxi Xossa” MFY;
2. “Sheyxon” MFY;
3. Buxoro tumani, “Rabotak” MFY.

Suv ta’minotiga mas’ul bo‘lgan “Buxoro suv ta’minoti” MChJ bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yuqoridagi shifoxonalar joylashgan ko‘chadan o‘tgan suv quvurini ta’mirlash ishlari shu kuni soat 08:00 dan 20:00 ga qadar olib boriladi va shundan so‘ng yana tiklanishi kutilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.