Buxoro yangiliklari

Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlariga nima bo‘ldi?

photo 747

Loading

Insonning hayotini saqlab qolish ko‘pincha qon quyish jarayoni bilan bog‘liqdir. Kuni kecha ana shunday ezgu maqsadni amalga oshirishda o‘z hissalarini qo‘shish uchun Milliy gvardiya Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari “Men donorman” xayriya aksiyasida ishtirok etishdi, – deya xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmati.

Donorlik – o‘zi oddiy, bir qarashda arzimas ishdek ko‘rinsa-da, berilgan shu qon tufayli ko‘pgina insonlarning hayotini saqlab qolish mumkin.

Huquq-tartibot idoralari xodimlaridan beg‘araz yordam sifatida olingan qon gematologiya bo‘limida davolanayotgan bemorlarning salomatligini yaxshilashga yo‘naltiriladi.

photo 02 254

Ezgulikning yorqin namunasi bo‘lgan bu kabi xayriya aksiyalarini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – og‘ir xastaliklarga chalingan bemorlarning sog‘lom hayotga qaytishlariga yordam berishdan iboratdir.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.