Buxoro yangiliklari
Maymun chechagi epidemiyasi O‘zbekistonga xavf solmoqda (-mi)?
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rasmiy vakili Margaret Xarris dunyoda maymun chechagi infeksiyasi tarqalishi bilan bogʻliq soʻnggi epidemiologik vaziyat haqida maʼlumot berdi.
Uning taʼkidlashicha, hozirgacha mazkur virus aniqlangan mamlakatlar soni 105 taga yetgan. Laboratoriya tekshiruvlari natijasida tasdiqlangan kasallik holatlari esa 66,3 mingdan ziyodni tashkil etmoqda.
Shuningdek, xastalik asoratlari tufayli Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa hamda Afrika qitʼalarida yashovchi 26 nafar bemor hayotdan koʻz yumgan.
Epidemiyadan eng koʻp zarar koʻrgan mamlakatlar roʻyxatida hanuz AQSH yetakchi. Bu yerda qariyb 25 ming nafar bemor roʻyxatga olingan. Keyingi oʻrinda 7,4 mingdan ziyod holat bilan Braziliya bormoqda. Shuningdek, Ispaniyada 7,1 ming, Fransiyada 3,9 ming, Germaniyada 3,6 ming, Buyuk Britaniyada 3,5 ming kishiga maymun chechagi tashxisi qoʻyilgan.
JSST vakilining soʻzlariga koʻra, dunyo boʻyicha oʻtgan haftada kasallanishlar soni 7,4 foizga kamaygani ijobiy holat. Qolaversa, soʻnggi 21 kun ichida 33 mamlakatda yangi holatlar qayd etilmagan. Maymun chechagining inkubatsiya davri 21 kun ekanligini inobatga olsak, bu ham yaxshi xabardir. 23 mamlakatda esa, afsuski, oxirgi haftada oʻsish koʻrsatkichlari qayd etilgan. Ular orasida Ispaniya birinchi oʻrinda.
Epidemiya tez orada tugaydimi?
Bu savolga M. Xarris “– Pasayish dinamikasi — ijobiy belgi, ammo yakuniy xulosa uchun hali erta. Muhimi, odamlar JSST tavsiyalariga amal qila boshlagan. Bugun bemorlar va xavf guruhiga mansub qatlam bilan muloqot qilmaslik, kasallik belgilari aniqlanganda, zudlik bilan shifoxonaga murojaat qilish, emlanish va shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilishning ahamiyatini anglab yetmoqda”, – deydi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Maymun chechagi aniqlangan davlatlarda bo‘lmaslik, bo‘lsa ham boshqa insonlar bilan muloqot qilmaslik va maymunlar bor joylarga bormaslik orqali bu kasallikdan saqlanish mumkin. Bu kasallikning O‘zbekiston hududiga kirib kelishi ehtimoldan xoli emas”, – degan edi Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov 3-iyun kuni AOKA dagi matbuot anjumanida.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi