Maşhurlar

Zuhra Soliyeva ozish uchun uyini sotib operatsiya qildirganmi?

IMG 20221019 101603 960

Loading

Aktrisa Zuhra Soliyeva «Omon-omon» ko’rsatuviga bergan intervyusida ozish uchun uyini sotib operatsiya qildirgani haqidagi savolga javob berdi.
Uning so’zlariga ko’ra, oldin uyi bo’lmagan. Aktrisa hozir ham uyi yo’qligini aytdi. Zuhra Soliyeva operatsiyaning puliga uyning romini ham bermasligini ta’kidladi. U sog’ligi yomonlashgani sabab shunday qilishga to’g’ri kelganini aytdi. Aktrisa operatsiyadan so’ng 48 kilogramm vazn yo’qotgan.

«Hayotda kimdandir o'ch yoki alamimni olish odatim yo'q. Zuhra Soliyevaning uyi bo'lmagan. Hozirgacha yo'q. Yig'gan pulimga operatsiya qildirdim. Uning puliga uy ham, hatto, romini ham bermaydi. Operatsiya uydan arzon. Kundan kunga ahvolim yomonlashayotganini sezdim. Avval 110 kilogramm edim. Hozir 62 kilogramman. Oldingi do'mboqligim ham o'zimga yarashardi lekin keyinchalik sog'ligim yomonlashgani sabab u shishga aylandi», – deydi u.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.