Buxoro yangiliklari

Qorako‘ldagi harbiy qism xizmatchilarining oilaviy muammolari o‘rganildi

photo 761

Loading

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Jamiyatda ijtimoiy-maʻnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» gi farmoni yuzasidan mamlakatimizning turli hududlarida oilaviy munosabatlarni ijobiy hal etish, oilaviy ajrimlarni oldini olish boʻyicha amaliy sa’y-harakatlar olib borilmoqda.

Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi Mudofaa vazirligiga qarashli Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumanida joylashgan harbiy qismda xizmat olib boruvchi harbiy xizmatchilar va ularning oila aʻzolari bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi, – deya xabar bermoqda Mudofaa vazirligining Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

Tadbirda Mudofaa vazirligi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi oilalar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi podpolkovnik Jahongir Qalandarov, ijtimoiy-huquqiy masalalar sotsiologi Begzod Ilhombekov, oilalar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassis Zulfiya Mansurova ishtirok etdi. Davra suhbatida soʻzga chiqqanlar, bugungi kunda harbiy oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vazirlik miqyosida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarga doir maʻlumotlar maʻruza qilindi.

photo 02 259

Shuningdek, “Ota – oila ustuni”, “Oilada onalarning oʻrni” mavzusida suhbat yuritilib, harbiy xizmatchilarning oilalarida uchrab turgan muammolarni ijobiy hal etilishga doir maslahatlar berib oʻtildi hamda tadbir ishtirokchilariga qarzdorlik, jamiyatdagi odob-axloq qoidalari, oilaviy munosabatlar rukniga bagʻishlangan videorolik va slaydlar namoyish etildi.

Harbiy xizmatchilar oila aʻzolarining duch kelingan muammolari tadbir davomida ijobiy yechim topib, shu joyning oʻzida hal etildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.