Salomatlik

Xurmo mevasi nafaqat saratonni oldini oladi, balki boshqa kasalliklarda ham foydalidir

photo 774

Loading

Xurmo ko‘pchilikning sevib iste’mol qiladigan mevasidir. Kimdir yumshoq va suvli, boshqalari qattiq navlarni tanlaydi, lekin umuman olganda, mevani yaxshi ko‘ruvchilar talaygina. Olimlar uning nafaqat ajoyib ta’mga ega ekani, balki ko‘plab turli kasalliklarning oldini olishda ham yordam berishi mumkinligini isbotladi. Gap shundaki, bu meva yetarli miqdorda foydali mikroelementlarni o‘z ichiga oladi va juda ko‘p foydali xususiyatlarga ega. Bundan tashqari, glyukoza va fruktoza tufayli ikki yoki uch dona xurmo mevasi ochlikni qondirishi mumkin. Olmada mis va rux ko‘proq bo‘lsa-da, bu meva natriy, kaliy, magniy, kalsiy va temir tarkibi bilan undan ustundir. Qolaversa, xurmoda olmadan ko‘ra ko‘proq kletchatka mavjud. Xurmo mevalari oshqozon-ichak trakti, jigar, ko‘rish faoliyatini yaxshilashga yordam beradi, – deb yozadi Meri Kleyer.

Terining umumiy holatini yaxshilash uchun
Xurmo terini mukammal darajada yaxshilaydi, yangilaydi va hatto qarishning birinchi belgilari bilan kurashadi. Ushbu mevaning ekstrakti juda ko‘p miqdordagi kosmetik yuz niqoblarida mavjud. Bundan tashqari, uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan xurmo niqoblarining juda ko‘p turlari mavjud. Masalan, xurmo va tuxum sarig‘i niqobi kengaygan teshiklar va husnbuzar uchun ajoyib yordamchidir. Terining umumiy holati uchun xurmo blenderda maydalanadi va qaymoq ​​bilan teng nisbatda aralashtiriladi. Olingan aralashma yuzga qo‘llanadi va 15-20 daqiqaga qoldiriladi, keyin iliq suv bilan yuviladi. Foydalanishdan oldin allergik reaksiyalar mavjudligini tekshirishni unutmaslik lozim.

Qon tomirlari faoliyati uchun
Qon bosimining keskin o‘zgarishi og‘riqli reaksiya, migren, qon bosimining birdan tushib ketishi bilan kuzatiladi va bu alomatlar shahar aholisida ko‘proq uchraydi. Bugungi kunda dorixonalarda ko‘p bo‘lgan turli xil qimmatbaho dori-darmonlarga qo‘shimcha ravishda, xurmo bunday muammoni yengishga yordam beradi. Xurmoq C va P vitaminlariga boy, qon tomirlariga foydali ta‘sir ko‘rsatadi, ularning mo‘rtligi va o‘tkazuvchanligini pasaytiradi. Shifokorlar varikoz tomirlari va milkdan qon ketishidan aziyat chekadiganlarga xurmo iste’mol qilishni tavsiya qiladi.

Stress va anemiya
Xurmo temirga boy, shuning uchun uning sharbatini kamqonlikda kuniga 2 marta, ovqatdan oldin 50-100 ml ichish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, xurmo sharbati asab tizimiga, stressni yengishga yordam beradi. Qish oylarida muntazam ravishda xurmo iste’mol qilinsa, kayfiyatni sezilarli darajada yaxshilash, yo‘qolgan energiyani tiklash va umumiy ish samaradorligini oshirish mumkin. Aytgancha, uyqu sifatini yaxshilash uchun kechasi bir nechta xurmo bo‘laklarni iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Yurak kasalliklari
Xurmo mevalari rekord miqdordagi kaliyni o‘z ichiga oladi, shuning uchun u yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekadiganlar uchun juda foydali. Ma’lum bo‘lishicha, tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, vaqti-vaqti bilan yurak og‘rig‘idan aziyat chekadiganlar kuniga kamida 3-4 meva iste’mol qilishi kerak. Bu kasallik hurujlarini kamaytirishga yordam beradi.

Shamollashda
Boshqa barcha afzalliklar va yoqimli ta’mga qo‘shimcha ravishda, xurmo antibakterial xususiyatlariga ega, shuning uchun gripp epidemiyasi paytida xurmolarni ratsionga kiritish umumiy davolanishga yordam beradi. Bundan tashqari, vitaminlarga boy xurmo turli yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun ajoyib vosita hisoblanadi. Bundan tashqari, xurmo tomoq og‘rig‘i va yo‘talni qoldirishga ham yordam beradi. Buning uchun meva sharbatini siqib, suv bilan aralashtirib, og‘iz va tomoqni muntazam yuvish kerak bo‘ladi.

Buyrakdagi toshlar uchun
Boshqa vitaminlarga qo‘shimcha ravishda, xurmo magniyning haqiqiy manbaidir. Meva tarkibidagi magniy buyrak toshlarining paydo bo‘lish ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi, chunki bu kelajakda sezilarli og‘riqlar va hatto mumkin bo‘lgan jarrohlik ko‘rinishida juda ko‘p muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Xurmo organizmdan natriy tuzlari hamda keraksiz suyuqlikni chiqarib tashlashga yordam beradi va shu bilan buyraklar faoliyatini yaxshilaydi.

Saratonning oldini oladi
Yorqin to‘q sariq rangi tufayli xurmo mevalari beta-karotinning yuqori foizini o‘z ichiga oladi, bu juda kuchli antioksidant — hujayra tuzilmalarini buzadigan erkin radikallarga va shu bilan teridagi qarish belgilariga qarshi kurasha oladigan modda. Saraton kasalligining oldini olish uchun shifokorlar, beta-karotinni o‘z ichiga olgan meva va sabzavotlarni, ya’ni apelsin, sabzi va xurmolarni ko‘proq iste’mol qilishni tavsiya qiladi.

Manba: “Daryo” nashri.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    photo
    18.03.2024

    Buxoroda maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus va yuk mashinasi o‘rtasida sodir bo‘lgan avariya oqibatida o‘quvchi halok bo‘ldi (video)

    photo
    29.02.2024

    Buxorodagi san’at maktabida usta pianinoni keti bilan chalgani rostmi yoxud feyk-xabar ortida nima turibdi?

    photo
    27.02.2024

    Buxorolik tadbirkorning o‘z joniga qasd qilgani rostmi yoxud yolg‘on xabar ortida shaxsiy manfaat turibdimi?

    photo
    26.02.2024

    Buxoroda aeroport orqali qadimiy tangalarni Dog‘istonga olib ketishmoqchi bo‘lishdi

    photo
    23.02.2024

    Har bir murojaat e’tiborda — Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi

    photo
    09.02.2024

    Ipoteka krediti asosida olingan uy-joyni kreditni to’lamasdan boshqa shaxsga sotish mumkinmi?

    photo
    31.01.2024

    Huquqshunos sharhi: talabalar ham oliygohdan “suyunchi puli” olishga haqli

    picture
    25.01.2024

    Murodjon Umarov O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

    picture
    23.01.2024

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumani sudi raisi Boborahim Achilovga hayfsan berildi

    picture
    19.01.2024

    “Yordam beringlar, otam onamni o‘ldiryapti!” — 20 yillik turmushdan so‘ng qorako‘llik erkak o‘z xotinini bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi

    picture
    18.01.2024

    G‘ijduvonlik “uddaburon” tanishining xonadonidan tamaki kontrabandasi uchun foydalanmoqchi bo‘ldi

    picture 1
    17.01.2024

    Markaziy bankning Buxorodagi rahbari Erkin Mansurovning 20 mln dollarlik jinoyat ishidagi aybi isbotlanmadi

    picture
    17.01.2024

    Buxoroda bojxona orqali jangovor o‘qlarni olib o‘tishga urinish bo‘ldi

    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.