Buxoro yangiliklari
Buxoro IIB ga ishga kirmoqchimisiz?
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida quyidagi mavjud bo‘sh bo‘lgan lavozimlarga tanlov eʼlon qilinadi, bular:
1) viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatida bo‘sh bo‘lgan profilaktika inspektori lavozimlariga birinchi navbatda tarix, milliy istiqlol g‘oyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari hamda yurisprudensiya yo‘nalishlari bo‘yicha oliy maʼlumotga ega, Buxoro viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan, yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan, bo‘yi 165 smdan kam bo‘lmagan, muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan erkak nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.
2) Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida mavjud bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlariga Buxoro viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan, “B,S” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan, bo‘yi 175 smdan past bo‘lmagan, muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan, oliy maʼlumotli Toshkent davlat transport institutini hamda boshqa oliy taʼlim muassasalarining “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi, avtomobil yo‘llari va aerodromlar yo‘nalishlarini” tamomlagan yoki hozirda sirtqi taʼlim shakli bo‘yicha boshqa mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan bo‘lsada, ammo o‘rta-maxsus maʼlumoti bo‘yicha “Yer usti transport tizimlari, transportlarda tashish va boshqarishni tashkil etish texnigi, avtomobilda yo‘lovchi va yuk tashish texnigi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish mutaxassisligi bo‘yicha” tamomlagan erkak nomzodlar hamda qoida tariqasida profilaktika inspektorining yordamchilari ishtirok etishlari mumkin.
Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi:
– biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi;
– 3 x 4 o‘lchamdagi 2 ta rangli fotosurat;
– harbiy guvohnoma asl nusxasi;
– diplom va ilovasi hamda sirtqi taʼlim shaklida tahsil olayotganligi to‘g‘risidagi oliy taʼlim muassasasining maʼlumotnomasi;
– doimiy yashash joyi bo‘yicha belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida 086-maʼlumotnoma (bo‘y parametri ko‘rsatilgan holda).
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining bo‘sh bo‘lgan lavozimlariga ishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar joriy yilning 21-oktyabridan 5-noyabr kuniga qadar Buxoro viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmatiga yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan murojaat qilishlari so‘raladi.
2022-yilning 21-oktyabr kunidan oldin yoki 5-noyabr kunidan keyin murojaat qilgan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi.
Manzil: Buxoro shahri, Bahouddin Naqshband ko‘chasi 10-uy.
Mo‘ljal: Ark qo‘rg‘oni majmuasi.
Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefon: (+998) 65-220-41-12.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi