Buxoro yangiliklari

Buxoroda ko‘chat ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik” boshlandi

photo 783

Loading

Ayni kunlarda butun respublikamizda bo‘lgani kabi Buxoroda ham daraxt ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 20-oktabrdan boshlab 1-dekabrgacha o‘tgan yilgi tajribadan kelib chiqib, ko‘chat ekish bo‘yicha dolzarb 40 kunlik e’lon qilingan. Bu haqda joriy yil 11-oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan mahallalarda tizimli muammolarni hal qilish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilingan edi.

Yig‘ilishda «Yashil makon» umummilliy loyihasining borishi ham ko‘rib chiqilib, loyiha doirasida yil yakuniga qadar 75 million dona va 2023-yil bahor oylarida yana 125 million dona mevali va manzarali ko‘chatlar ekish vazifasi qo‘yilgan.

photo 02 264

Shuningdek, aholi xonadonlarida va dala chetlarida ko‘proq mevali daraxtlar va sabzavot ekishni faol targ‘ib qilishi kerakligi ta’kidlangangan. Viloyat hokimlariga esa kuz mavsumida kam ta’minlangan 500 000 xonadonga 10 tupdan mevali daraxtlar ko‘chatini bepul tarqatish topshirildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.