Jahon

Rasman: Ukraina armiyasida endi ayollar ham xizmat qilishi mumkin

photo 818

Loading

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ayollarni ixtiyoriy ravishda harbiy roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi.

Hujjatga koʻra, ukrainalik xotin-qizlarning kasbi harbiy roʻyxatga olish mutaxassisligiga toʻgʻri kelsa va yoshi hamda salomatligi imkon bersa, ular oʻz xohishiga koʻra harbiy roʻyxatga olinishi mumkin.

Shu bilan birga, avvalroq maʼlum boʻlganidek, tibbiyot yoki farmatsevtika ixtisosligi boʻlgan Ukraina fuqarolari bunday tanlash erkinligiga ega boʻlmaydilar. Yaʼni ular harbiy xizmatga roʻyxatdan oʻtishlari zarur boʻladi.

Ukraina qonunchilari tushuntirishicha, Kiyev ortiqcha ijtimoiy keskinlik va harbiy burchga salbiy munosabatni shakllantirishdan qochish istagi tufayli mamlakatdagi barcha xotin-qizlarni roʻyxatga olmaslikka qaror qilgan.

Sentabr oyida Ukraina Mudofaa vazirligi ayollarni harbiy roʻyxatga olish muddatini 2023-yil 1-oktabrgacha koʻchirishga qaror qilgani maʼlum boʻlgan edi. Roʻyxatga 7 ta kasb va 14 ta mutaxassislik, jumladan, kimyo, biologiya, telekommunikatsiyalar boʻyicha mutaxassislar ham kiritilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.