Jahon
Kelib chiqishi Hindistondan, o‘zi asli afrikalik bo‘lgan Rishi Sunak qanday qilib Buyuk Britaniyaning yangi Bosh vaziri bo‘ldi?
Buyuk Britaniyani endi asli osiyolik boʻlgan Bosh vazir boshqaradi. Asli kelib chiqishi hindistonlik boʻlgan 42 yoshli Rishi Sunak bu lavozimda 2 oy ham oʻtirmagan Liz Trassning oʻrnini egallaydi. U bungacha Britaniyaning sobiq Moliya vaziri boʻlib ishlashga ham ulgurgan. Oʻshanda Boris Jonson bosh vazir lavozimida edi. Aynan Jonsonning qayta Bosh vazirlik daʼvosidan voz kechishi, bu gal uning ushbu lavozimga kelishiga yoʻlni yanada kattaroq ochib berdi.
Sunak Britaniya bu yaqin oʻn yillarda koʻrilmagan jiddiy iqtisodiy muammolarga toʻqnash kelib turgan bir paytda boshqaruvga keladi. Qayd etish kerak, u Bosh vazirlik uchun bellashuvda bundan avval ham oxirgi pallalarga kurashgandi, ammo yakunda aynan partiyadoshi Liz Trassga imkoniyatni boy berib qoʻygan. Rishi Sunak oʻsha paytda oʻzining asosiy diqqat-eʼtiborini Britaniya iqtisodiga qaratgandi. Iqtisodiy inqirozdan chiqish toʻgʻrisidagi rejalarini ham taqdim qilgandi.
Konservativ partiyasi yetakchiligi uchun ilk magʻlubiyatidan 7 hafta oʻtib, Rishi Sunak bu kabi yutuqqa erishgan. Yagona raqibi poygadan chiqqanini eʼlon qilgach, u oʻz partiyadoshlarining 100 ta ovozini olgan yagona bellashuvchiga aylandi. Endi Sunak Konservatorlar partiyasining yangi yetakchisi boʻladi, u rasmiy jarayonlar bitgach, asli osiyolik birinchi Bosh vazir sifatida tarixga kiradi.
Rishi Sunak shu soatlarda chiqish ham qilgan, parlament vakillarini oʻzlarini oldinda qiyin davrlar kutayotgani va oson boʻlmasligi haqida ham ogohlantirgan. Liz Trass uni gʻalabasi bilan qutlagan, uni toʻliq qoʻllab-quvvatlashini ham aytgan.
Maʼlumot uchun, Rishi Sunak Buyuk Britaniya Jamoatlar palatasiga ilk bor 2015-yilda saylangan, 3 yil oʻtib u Tereza Mey hukumatida vazir yordamchisi lavozimini olgan. 2019-yil iyulida uni Boris Jonson hukumatida gʻaznachilik bosh kotibi etib tayinlashadi. 2020-yil fevralidan esa Sunak Britaniya moliya vazirligini boshqarishga kirishadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi