Salomatlik

O‘zgaruvchan ob-havo uchun kiyimni qanday tanlash kerak?

photo 843

Loading

Sovuq, o‘zgaruvchan ob-havoda kiyim tanlash ham ba’zida qiyin bo‘ladi. Sababiб bir kiyimni tanlab, ma’lum vaqtdan keyin havo isib ketishi yoki aksincha sovuq bo‘lishi mumkin. O‘zgaruvchan ob-havoda qanday qilib kiyimni to‘g‘ri tanlash bo‘yicha ma’lumot beramiz.

Kuz havosi o‘zgaruvchan, ertalab issiq bo‘lgan havo kechqurun sovib ketishi ham mumkin, bunga oldindan tayyorlanishning iloji yo‘q. Biroq bir nechta tavsiyalarga amal qilib kiyim tanlasangiz kun davomida kuzatiladigan ob-havoda ham o‘zingizni bemalol his qilishingiz mumkin.

Oktabr oyining yarmida yengil trench kiyishingiz mumkin, biroq uning ichidan uchta sviter kiyib sharf taqishingiz mumkin. Ustma-ust kiyim bilan havo haroratiga moslashish mumkin, masalan futbolka yoki nimcha va jemperda yurish mumkin. Bu holatlarda ob-havoga mos kiyinish bir mahoratdir.

+10 dan +15 daraja haroratda
Ba’zi hududlarda hali ham iliq kuz bo‘lib issiq jemper yoki ko‘ylak bilan birga issiq trench kiyish mumkin. Biroq, sentabr oyidan sovuq shamol esib turadigan mamlakatning o‘rta qismida palto kiyish uchun qulay ob-havo bo‘ladi. Yupqa jun, yumshoq matodan tikilgan palto — asosiysi, u og‘ir emas, sovuqroq harorat uchun bunday variantlarga muhtoj bo‘lamiz. Bu holatda poncholar va nimchalarni ham hisobga olish kerak. Ikkinchisini faqat mos keladigan sviterlar bilan kiyish mumkin.

+5 dan +10 daraja haroratda
Havo harorati 5 daraja bo‘lgan paytda yoqali, qalin junli paltolarni kiyish mumkin, unda siz yetarlicha isina olasiz. Kalta modellarni tanlamang, chunki ularda sovuq o‘tish ehtimoli bor.

Yoqasiz kalta kiyimlar va jinsi kurtkalarni tanlamaslik kerak, sababi shamoldan himoya qiluvchi jinsi kurtka qanchalik izolyatsiya qilingan bo‘lishidan qat’i nazar 5 daraja haroratda yordam bera olmaydi.

0 dan +5 daraja haroratda
0-5 daraja haroratda dublyonka kiygan ma’qul. Agar dublyonka bo‘lmasa uning o‘rniga issiq junli palto yoki qulay junli kurtka kiyish mumkin. Oxirgi ikki kiyimni tanlashda bir nechta belgilarga ahamiyat berish kerak: yumshoq modeldagi, haroratga qay darajada mos kelganini bilish muhim. Har bir kiyimning qanday sovuqqa bardosh bera olishi yorliqda yozilgan bo‘ladi, biroq kamida ikkita turdagi – yengil va qalin kurtka bo‘lishi kerak.

Manba: “Daryo” nashri.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.