Buxoro yangiliklari
Buxorolik fuqaro «UzAuto Motors» AJ dan moddiy va maʼnaviy zarar uchun 200 mln dan koʻproq pul undirdi
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ma’lum qilishicha, buxorolik fuqaro A. Nazarov va «G‘ijduvon Avtotexxizmat» MChJ o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, bir muddat avval umumiy qiymati 398 000 000 so‘m bo‘lgan avtomashinani xarid qilgan.
Yangi avtomobil 7 500 km yurgandan so‘ng moyini almashtirish maqsadida «Buxoroavtotexxizmat» MChJ ga murojat qilgan. Shu payti esa ustalar mashinani ko‘zdan kechirish paytida unda nosozlik borligini ma’lum qilishgan.
Xaridor holat yuzasidan bir necha marotaba «G‘ijduvon Avtotexxizmat» MChJ ga murojaat qilgan. Birin bor korxona masʼullari nosoz detallni 3 oyda olib kelib berishini aytishgan. Lekin, oʻshandan buyon 1 yil vaqt o‘tsa ham muammo yechimsiz qolavergan.
Shundan so‘ng, toqati toq boʻlgan A. Nazarov federatsiyaga murojaat qilgan va Buxoro tumanlararo sudiga davo ariza kiritilgan. Sud qaroriga asosan, «UzAuto Motors» AJ dan iste’molchi foydasiga 199 000 000 so‘m moddiy va 10 000 000 so‘m ma’naviy zarar, qolaversa, davlat foydasiga 14 768 800 so‘m mablag‘ undirilgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi