Buxoro yangiliklari
Buxorodagi maktablar devorlariga narkotiklar bilan savdo qiladigan manzillarni yozib kelgan guruh qoʻlga olindi
Buxoro shahrida aholi orasida shov-shuvlarga sabab boʻlgan huquqbuzarlikni sodir etganlar qoʻlga olindi. Gap shundaki, joriy yilning oktabr oyi oʻrtalarida Buxoro shahrining turli hududlarida – aholi xonadonlari, koʻp qavatli uylar, korxona-tashkilotlar, maktab va boshqa taʼlim muassasalarining devorlari, bozor hududlarida nomaʼlum shaxslar psixotrop va narkotik moddalar savdosini targʻib qiluvchi Telegram kanal/guruh/profillar reklamasini yozib ketishgan.
Buxoro IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida mazkur reklama yozuvlarini 1997-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, oilali, voyaga yetmagan farzandning onasi oʻz ukasi va yana 1 nafar qiz hamda 1 nafar yigit bilan oldindan til biriktirib, sodir etganliklari fosh boʻldi.
Ushbu shaxslar bilan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ularning Buxoro shahri, Arabon koʻchasida joylashgan “Arabon” mehmonxonasining 101-xonasida yashab kelayotganlari aniqlandi. Soʻngra ushbu xona xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadan 2 dona reklama yozuvlari bogʻ-trafaret qogʻozlari, 4 dona “Rexon”, 8 dona “Spray paint”, 7 dona “Oskar”, 15 dona “JL”, 1 dona “Okko” yozuvli boʻyoqlarning temir idishlari, 5 juft tibbiyot qoʻlqopi, 1 dona qora rangli “Vertu” telefon apparati hujjatlashtirib olindi.
– Men Toshkentdan avtobusda kelayotgan paytimda bir notanish kishi bilan tanishib qoldim. U menga har bir chizgan rasm uchun pul taklif qildi, – deydi oʻzining dastlabki koʻrsatmasida 1997-yilda tugʻilgan ayol.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, yuqoridagi shaxslar 2022-yilning 16-oktabrda Toshkent shahridan Buxoroga yoʻlovchi avtobusida kelishgan. Shuningdek, ular aslida internet orqali buyurtma olib, har bir reklama yozuvlari uchun 45 000 soʻmdan pul olganliklari ayon boʻldi. Mablagʻlar esa bitcoin kriptovalyutasida elektron hamyonlariga oʻtkazib berilgan.
– Men opam bilan Toshkentdan Buxoroga keldim. Oʻrtogʻim devorlarga narkotik moddalar savdosi bilan bogʻliq reklamalarni chizib yurgan ekan. Men ham pul evaziga shunday qilishni boshladim. Tur xil muassasalar, zavodlarning tashqi binolariga yozib, chizardik, – deydi 1997-yilda tugʻilgan ayolning ukasi.
Hozirgi kunda gumonlanuvchilarning telefonlariga oʻrnatilgan Telegram dasturiga ulangan profil oʻrganilmoqda hamda internet orqali buyurtma bergan shaxslarni aniqlash harakatlari olib borilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi