Jahon

Malayziyaning yangi bosh vaziri o‘ziga ajratilgan Mercedes dan voz kechdi

photo 886

Loading

Malayziyaning yangi bosh vaziri Anvar Ibrohim davlat xarajatlarini kamaytirish maqsadida Mercedes S600 qimmatbaho avtomobilidan voz kechishga qaror qildi. U bu haqda o‘z Facebook sahifasida maʼlum qilgan.

"Men Mercedes S600 avtomobilidan voz kechishga qaror qildim. Mening ishim qo‘shimcha xarajatlarga sabab bo‘lishini istamayman. Buning o‘rniga administratsiyam ixtiyoridagi boshqa istalgan mashinadan foydalanaman", — degan Malayziya hukumati rahbari.

Joriy yilning 25-noyabrida Ibrohim vazirlar sonini va ularning oylik maoshini ham qisqartirishini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, 19-noyabrda Malayziyada umumiy saylovlar bo‘lib o‘tdi. Uning yakunida hech qaysi partiya va koalitsiya parlament quyi palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallay olmadi. Shundan keyin turli partiyalar koalitsiyasini tuzish zarurati yuzaga keldi. Ammo tomonlar bu bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. Yakunda Malayziya sultoni Anvar Ibrohimni bosh vazir etib tayinladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.