Mashhurlar
Behayo videolari uchun qamalgan tiktoker Sevinchka IIB ga rahmat aytdi
Bir necha kun avval Toshkentda uyatsiz foto va videolarini tarqatgan bloger qiz qamalgani toʻgʻrisida xabar berilgandi. Yaqinda esa bloger ozodlikka chiqdi. Sevinchka oʻzining Instagram sahifasidagi storisida obunachilariga murojaat bilan chiqdi.
“– Toʻrt kunim toʻrt yildek oʻtdi oʻzi ham. Ichki ishlar xodimlariga, davlatmizga va sudyalarga rahmat. Allohga shukr, oʻzi yordam berdi. Sabrli qizman oʻzi. Mendan xavotir olganlarga ham rahmat. Bunaqa kunlarda sovuq joylarda yotishni dushmanimga ham ravo koʻrmayman”, — deydi Sevinchka.
Shuningdek, u yaqinlariga undan xavotir olganliklari uchun oʻz minnatdorchiligini bildiradi. Hozir oʻzida emasligi, sogʻayib barchaga yozishi haqida aytadi.
Eslatib oʻtamiz, bundan avval ijtimoiy tarmoqlarda bloger Sevinchkaning odob-axloq qoidalariga zid ravishda tasvirga olingan videolsri tarqalib, keng muhokamaga sabab boʻlgandi.
Xususan, 2022-yil 11-noyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudida 21 yoshli Sevinchka taxallasui bilan tanilgan blogerga oid maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilgan va u Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan.
“– Ish hujjatlariga koʻra fuqaro N. U. ning Mirobod tumani IIO FMB boshligʻiga yozgan ariza yuzasidan oʻtkazilgan tekshiruv natijasida S. S. ijtimoiy tarmoqlarda odob-axloq qoidalariga zid boʻlgan oʻzining ishtirokidagi video va rasmlarni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan joylashtirib, jamoat tartibini buzib, fuqarolarning oʻrinli eʼtirozlariga sababchi boʻlgan”, — deyiladi shahar sudlari axborot xizmati xabarida.
Sudning qarori bilan Sevinchkaga 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan. Keyinchalik ushbu qaror ustidan qonunchilikda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudiga apellyatsiya shikoyatini bergan tiktoker Sevinchka 4 sutka “oʻtirib chiqqan”.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi