Jahon

Xitoyda A4 qogʻozini sotish taqiqlandi. Buning sababi nimada?

photo 82 1

Loading

Xitoy boʻylab 80 000 dan ortiq savdo nuqtalariga ega “M&G Stationery” kanselyariya kompaniyasi 29-noyabrdan boshlab A4 formatidagi oq qogʻozlarni sotishni taqiqlashga qaror qildi. Bu qarorga ayrim namoyishchilar qogʻoz parchalariga hukumatga qarshi shiorlar yozgani sabab boʻldi.

Kompaniya qogʻoz sotmasligi haqida Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan ichki xatlardan birida aytilgan. Unda taʼkidlanishicha, taqiq “milliy xavfsizlik va barqarorlikni saqlash” hamda “jinoyatchilarning katta miqdorda A4 formatidagi oq qogʻozni toʻplashi va undan noqonuniy buzgʻunchilik uchun foydalanishining oldini olish” uchun kiritilgan. Shu oʻrinda “M&G Stationery” vakillari ham mitinglarni qoralashini ham qoʻshimcha qilgan.

“M&G Stationery” kompaniyasi Shanxayda joylashgan boʻlib, oʻz mahsulotlarini dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlari va mintaqalariga sotadi.

Namoyishlarga Shinjonning Urumchi shahrida 10 kishi halok boʻlgan yongʻin sabab boʻlgan. Maʼlum qilinishicha, “COVID-19” tufayli kiritilgan cheklovlar tufayli odamlarni qutqarib qolishning imkoni boʻlmagan.

Ular koronavirus cheklovlarini yumshatishni talab qilmoqdalar va baʼzilari hatto Xitoy raisi Si Szinpinning isteʼfosini ham talab qilmoqdalar. Rasmiylar mitinglarni kuch ishlatish yoʻli bilan tarqatishga majbur boʻlmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.