Buxoro yangiliklari
Jondorda ham saksovulni noqonuniy kesib, mashinasiga ortib ketayotganlar ushlandi
Kuni kecha Jondor tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi hamda tuman IIB bilan hamkorlikda navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd tadbiri davomida cho‘l hududidan saksovul butalarini hech qanday ruxsatsiz sindirib olib kelayotgan fuqarolar aniqlandi hamda tegishli tartibda O‘zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 79-moddasi, 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, qonunbuzar fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.
Saksovul (Haloxylon) haqida gapiradigan bo‘lsak, u sho‘radoshlar oilasiga mansub buta va daraxtlar turkumiga kirib, bo‘yi 1,5–12 m, tanasining diametri 1 m gacha bo‘ladi. Guli – mayda, ikki jinsli, qaramaqarshi, tangachasimon, guloldi qo‘ltig‘ida bittadan o‘rnashgan. Barglari uchli, rivojlanmagan, tangachasimon, gul xreil qiluvchi novdachalari qari shoxlardan o‘sib chiqadi. Saksovulning yashil novdalari organik modda to‘plashga xizmat qiladi. Apreldan gullay boshlaydi, oktabrda urug‘laydi.
Osiyoda uning 10 ta turi uchraydi. O‘zbekistonning asosan Qizilqum cho‘llarida o‘rmonlarni hosil qiluvchi turlar — oq va qora saksovuldir.
Qora saksovul — bargsiz buta yoki daraxt, bal. 4—9 (12)m gacha. Cho‘l, sho‘rxok yerlarda, sho‘rlangan qumlarda, taqirlarda ko‘p tarqalgan. U urug‘idan koʻpayadi. Yo‘llarda ixotazorlar barpo etishda foydalaniladi, katta daraxtzorlar hosil qiladi, oq saksovuldan tana va shoxshabbasining qoramtir bo‘lishi, bargining tuzilishi bilan ajralib turadi.
Oq saksovul — yirik buta turi bo‘lib, balandligi 2,5–6 m ni tashkil qilishi mumkin, ildizi 10–11 m chuqurlikka boradi. Qozog‘iston, O‘rta Osiyo, Eron, Afg‘oniston, Iroq, Saudiya Arabistoni, G‘arbiy Xitoyning cho‘l va sahrolarida o‘sadi. Oq saksovul qumliklarni mustahkamlash uchun ekiladi.
Saksovulning xalq xo‘jaligida ahamiyati katta. Undan, asosan, o‘tin (yoqilgʻi), qo‘ylar va tuyalar uchun to‘yimli ozuqa, qumlarni mustahkamlovchi, shamolni to‘suvchi vosita sifatida foydalaniladi. Saksovul o‘rmonlari tuproqni erroziyadan saqlashda muhim o‘rin tutadi, 50—60 yil yashaydi, 5—7 yilda normal urug‘lay boshlaydi.
O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda saksovul o‘rmonlari 22 000 000 ga atrofida, O‘zbekistonda saksovul o‘rmonlari 1 229 ga, shundan oq saksovul 976 ga, qora saksovul 253 ga ni egallaydi.
O‘zbekistonda cho‘l va yaylovlarga ekish uchun 1991-yilda chiqarilgan Nortuya navi mahalliylashtirilgan. So‘nggi yillarda saksovulni ko‘paytirish maqsadida bir qator o‘rmon xo‘jaliklari tashkil etilib, sun’iy saksovulzorlar barpo qilinmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi