Buxoro yangiliklari
Qorovulbozordagi “Sardoba mega market” binosida baxtsiz hodisa ro‘y berdi (–mi?)
Sarlavhani o‘qigan odam undan biroz hayratga tushib qolishi yoki yuragini hovuchlab batafsil ma‘lumot uchun maqolani sinchiklab o‘qishi tabiiy, albatta. Lekin, havotirga aslo o‘rin yo‘q. Sababi, ushbu surat o‘quv-amaliy jarayondan olingan.
Kuni kecha mazkur tumandagi yirik savdo majmuasida viloyatimizda ayni paytda davom etayotgan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Bunda FVB tomonidan tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda obyektdagi xavfsizlik masalalari o‘rganildi.
Shuningdek, tadbirda ishchi-xodimlarni qiziqtirgan savollarga ham javob berildi. Yong‘in xavfsizligi qoidalariga e’tiborsiz va beparvo bo‘lish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlar misollar yordamida tushuntirildi.
Sovuq kunlar kirib kelishi arafasida aholidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in, gaz-havo aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida, quyidagilarga rioya qilishni so‘rab qolamiz:
– nosoz, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmang, standart talablariga javob beradigan isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning yo‘riqnomasidan foydalaning;
– isitish pechlari va ular dudburonlarining sozligi, quvurlarning har xil mahsulotlar bilan berkilib qolmaganligini ko‘zdan kechiring va dudburon orqali havo tortish kuchiga alohida ahamiyat qarating;
– xonani vaqti-vaqti bilan shamollating va shamollatish kanallariga alohida e’tibor qarating;
– isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;
– tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;
– isitish pechlarining dudburonlarini tozalash, sozlash va ularning qoida talablari asosida o‘rnatilishi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi maxsus tashkilotlarga murojaat qiling;
– yonuvchi materiallarni gaz plitalari ustida quritmang.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi