Buxoro yangiliklari
Siqilgan gaz tanqisligi mavjud sharoitida Buxoroda yo‘l kira narxlarining oshib ketmasligini kim nazorat qiladi?
Buxoro viloyati Transport boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyatning barcha tumanlarida yo‘nalishlarda jamoat transportlari harakitining uzluksizligini ta’minlash hamda yo‘lkira narxlarining sun’iy oshirilishini oldini olish maqsadida keng qamrovli profilaktik tushuntirish tadbirlari olib borilmoqda, – deya xabar bermoqda tashkilot Matbuot xizmati.
Jumladan, Qorako‘l va Olot tumanlarida ham ana shunday tadbirlar davom atmoqda. Bunda haydovchilarga yo‘nalishdagi transport vositalarini gaz yoqilg‘isi bilan navbatsiz to‘ldirish yo‘lga qo‘yilganligi, yoqilg‘i muammosini ro‘kach qilib yo‘l kira narxlarini sun’iy oshirishmaslik lozimligi, bunday holatlar aniqlangan taqdirda qonuniy choralar ko‘rilishi tushuntirilmoqda.
Yo‘lovchilar esa yo‘l kira narxlarining sun’iy oshirish holatlariga duch kelishganida, boshqarmaning “Ishonch telefonlari” ga murojaat etishlari mumkinliklari aytib kelinmoqda.
Yana bir yangilik, Olot tuman Burjoq qishlog‘ida yashovchi fuqarolarning murojaati asosida yo‘l holati yaxshilanganidan kelib chiqib, 229-sonli “Olot-Guliston” yo‘nalishining harakati Burjoq qishlog‘i orqali yo‘lga qo‘yilib, dastlabgi qatnovlar amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, gaz to‘ldirish stansiyalarida jamoat transportlari uchun to‘sqinliksiz gaz to‘ldirilishini va yo‘nalishlarda qatnovlar to‘liqligini ta’minlash maqsadida har kuni soat 05:00 dan boshlab viloyat Transport boshqarmasi xodimlari tomonidan jamoat transportlari uchun yashil yo‘lak orqali gaz to‘ldirilishi tashkil etilib, holat to‘liq nazoratga olingan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi