Buxoro yangiliklari

Ayol jinoyatchi…

photo 107

Loading

Qorako‘lda qo‘shnisining xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilgan ayolning jinoyati fosh etildi

2020-yil 1-yanvar kuni tuman Prokuraturasiga, Qorako‘l tumani Solur mahallasida yashovchi, 1967-yilda tug‘ilgan Sh. O. murojaat qilib, 2019-yilning 11-dekabr kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs uning yashash uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonalardan birida bo‘lgan yog‘ochdan yasalgan shkafda turgan sandiqcha ichida bo‘lgan $100 va ₽1100 ni o‘g‘irlab ketilganligini bayon qilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokurori tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha Qorako‘l tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni, boshqa bir nechta jinoyatlari uchun sud hukmi asosida, jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o‘tayotgan Qorako‘l tumani, Solur mahallasida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan Y. Ch. ismli ayol sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda jinoyat ishida gumon qilinuvchi Y. Ch. ga nisbatan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.