Buxoro yangiliklari
Buxorolik Oliy Majlis deputatiga «sovchilar» ko‘paymoqda
“–Shartnoma asosida o‘qiyman, lekin kontrakt to‘lashga qurbimiz yetmayapti. Ota-onam o‘qimagan, bozorda tirikchilik qiladi. 6 oydan buyon banklarga murojaat qilamiz, lekin natija bo‘lmayapti”. Bu kogonlik talaba qiz Madina Sayfiyevaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatiga yo‘llagan murojaati edi. Muammoga tezda yechim topildi. Buxoro viloyati Markaziy banki tomonidan M. Sayfiyevaga 8 million so‘m kredit ajratildi va muammoga yechim topildi.
Yana bir murajaat esa Romitan tumani Xo‘jalar qishlog‘i aholisidan kelgan:
“–Qishda loy, yozda chang ko‘chalarimiz qachon ta’mirlanadi?”, –deyiladi xatda. Chorak asrlik ushbu muammo ham deputatlik so‘rovi bilan hal qilindi va qariyb bir kilometrli qishloq ko‘chasi 3 qavatli qoplama bilan ta’mirlandi.
“–Ro‘zg‘or o‘z nomi bilan g‘or ekan, to‘ldirib bo‘lmayapti. Ishlay desak – ish yo‘q”. Kogonlik bir guruh ayollarning ushbu murojaatiga ham tezda yechim topildi. Deputat tashabbusi bilan tumandagi barcha korxona va tashkilotlar ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi va murojaatchi 20 nafar ayolni ish ta’minlandi.
Buxoro shahridagi 20-maktab jamoasi esa quyidagicha murojaat yo‘llagan:
“–Mutasaddilar maktabimizni kapital ta’mirlash bo‘yicha davlat dasturiga kiritamiz deb har yili va’da berishadi, lekin amalda bajarmaydi. Kimga ishonishni ham bilmay qoldik”. Va’daga vafo qiladigan mutasaddini va nihoyat, deputat izlab topdi. Deputat tegishli idoralar eshigini taqillata-taqillata, ushbu maktabni joriy yildagi davlat dasturiga kiritdi va buning uchun 11 millliard 900 million so‘m ajratildi.
Bular “Milliy tiklanish” DP ning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zosi Umida Rahmonovaning saylovchilar murojaati bo‘yicha amaliy ishlaridan bir shingil, xolos.
Yanayam issig‘i bor. Kuni kecha Kogon shahri, Alisher Navoiy nomidagi mahalladan U. Rahmonova nomiga tashakkurnoma keldi. Deputat sa’y-harakati bilan Saylgoh ko‘chasida istiqomat qilayotgan 82 yoshli nuroniy onaxonga Navro‘z arafasida nogironlik aravachasi sovg‘a qilingan.
Epli qizning oshig‘i ko‘p bo‘ladi deganlaridek, eshitishimizcha, Umida Rahmonovaga o‘zining saylov uchastkasiga kirmaydigan hudud aholisidan ham murojaatlar bo‘layotgan ekan. Nima ham derdik, xalq dardi bilan yashayotgan deputatning murojaatchi “sovchilari” ko‘payaversin.
Maqola parlament Matbuot xizmati ma’lumotlari asosida tayyorlandi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi