Jahon

Ilon Mask Venesuela aholisini bepul internet bilan ta’minlashi rostmi?

photo
Foto: Royanews.tv

Loading

SpaceX kompaniyasining telekommunikatsiya bo‘limi Starlink joriy yilning 3-fevral kunigacha (1 oy davomida) Venesuela aholisi uchun bepul va uzluksiz keng polosali internet xizmatini taqdim etadi. Bu haqda kompaniya ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy bayonotida ma’lum qilindi.

Elon Musk ushbu qarorini Venesuela xalqini qo‘llab-quvvatlash niyati bilan izohladi. Milliarder o‘zining X ijtimoiy tarmoq sahifasida: “Venesuela xalqini qo‘llab-quvvatlash uchun” deb yozdi va post oxiriga Venesuela bayrog‘ini qo‘shgan.

3-yanvarga o‘tar kechasi Qo‘shma Shtatlar Venesuelada harbiy operatsiyani boshladi. Karakas va boshqa strategik hududlardagi nishonlarga raketa zarbalari berildi, natijada prezident Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores qo‘lga olinib, mamlakatdan olib chiqib ketildi.

AQSh Bosh prokurori Pam Bondi ta’kidlaganidek, Maduro va Flores “narkoterrorizm, qurol saqlash va giyohvand moddalar kontrabandasi” bo‘yicha ayblanib, Qo‘shma Shtatlarda sud qilinadi.

Shu bilan birga, Venesuela Oliy sudi Konstitutsiyaviy palatasi vitse-prezident Delsi Rodrigesni vaqtinchalik prezident etib tayinladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.