Buxoro yangiliklari

Bugun buxoroliklar birinchilardan bo‘lib COVID-19 ga qarshi emlanishdi

photo 01 1

Loading

Bugundan 1 yildan ortiq vaqt mobaynida yurtdoshlarimizga xavf solib turgan koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash tadbirlariga start berildi.

Avvalroq yurtimiz bo‘ylab vaksinasiya jarayonlarida ZF-UZ-VAC2001 —o‘zbek-xitoy vaksinasi va Yevropaning AstraZeneca vaksinasidan foydalanishga tayyorgarlik ko‘rilgani haqida xabar bergan edik.

Aprel oyi davomida Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlaridagi 219 ta emlash punktlarida bir oyda 142,3 ming emlash o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, birinchi navbatda 65 yoshdan kattalar va koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori bo‘lgan tibbiyot xodimlarini emlash ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, surunkali kasalliklari bor aholi vakillari, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini ham birinchi navbatda emlash rejalashtirilgan.

Buning uchun mamlakat bo‘ylab 3 138 ta emlash punktlari va 862 ta harakatdagi tibbiy brigadalar shay holatga keltirildi.

photo 03

Hududlarga vaksinalarni tashish uchun COVAX dasturi doirasida 17 ta avtorefrijerator, 206 ta yuk tashuvchi miniven va 16 ta yengil avtotransport vositalari keltirildi.

Emlash jarayonlari uchun 4 ming nafardan ortiq shifokor va 11 ming nafardan ortiq o‘rta tibbiyot xodimi jalb qilingan.

Jumladan, bugun, 1-aprel kuni Buxoro shahri poliklinikalarida ham COVID-19 ga qarshi emlash jarayonlari boshlandi.

photo 02 2

Ayni damda emlashda 65 yoshdan 74 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar va barcha tibbiyot xodimlari qatnashishi mumkin. Vaksinani mutlaqo bepul va ixtiyoriy tarzda qo‘llashmoqda.

photo 200

Xitoyning «Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd» kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda 3-bosqich sinovlari o‘tkazilgan, o‘zbekistonlik mutaxassislar hammuallifligida yaratilgan «ZF-UZ-VAC2001» vaksinasini amaliyotda qo‘llash to‘g‘risida ruxsatnoma:

Hujjatni Xitoy fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti, Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi huzuridagi Tibbiyot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot markazi maxsus ishchi guruhi tasdiqlagan.

Mazkur vaksinaning O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizasiyasi davlat markazi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma:

Vaksina olgan fuqaro, qanday vaksina bilan emlanishidan qat’i nazar, agar u ikki (AstraZeneca) yoki uch marotaba (ZF-UZ-VAC2001) emlanib, to‘liq emlash kursini tamomlagan bo‘lsa, unga emlanganlik haqida, maxsus xalqaro talablarga mos keladigan QR-kodli sertifikat beriladi.

Hozirgi kunda emlash ro‘yxatiga 250 ming nafarga yaqin fuqaro kiritilgan.

Buxoro viloyati sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i Ashur To‘xtayevga ko‘ra, viloyatga «Astra Zeneca» (hozirgi kunda «Vaxzevria» nomiga o‘zgartirilgan) vaksinasidan 40 ming doza, «ZF-UZ-VAK 2001» vaksinasidan 40 400 doza ajratilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.