Buxoro yangiliklari
Buxoroda eko-festival o‘tkazildi
Insoniyat va tabiatga salbiy ta’siri oshirib borayotgan iqlim o‘zgarishi dolzarb ekologik muammo sifatida borgan sayin dunyo xalqlarini tashvishga solib bormoqda.
Albatta, inson bu kabi dolzarb muammolar oldida qo‘l qovishtirib turmay, qulay atrof-muhit yaratishga imkon qadar chora qo‘llamoqda. Viloyatimiz bo‘ylab bahor mavsumida o‘tkazilayotgan daraxt ekish aksiyalari ana shunday amaliy ishlar ifodasidir.
Bugun, 3-aprel kuni Buxoro madaniy markazi va Markaziy madaniyat va istirohat bog‘ida “Tabiatga mehr bolalikdan boshlanadi” shiori ostida tashkil etilgan ekofestival mazkur yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi, O‘zbekiston Ekologik harakati, “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” MChJ hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” MChJ ishchi-xodimlari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat, tuman, shahar tashkilotlari faollari hamda deputatlari, keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari xodimlari va yoshlar ishtirok etdilar.
Ekofestivalni Buxoro shahar hokimi O‘. Jumayev kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Shuningdek, tadbirda viloyat partiya tashkiloti raisi A. Niyozov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati E. Aslonova va “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” MChJ mutasaddilari ham so‘zga chiqdilar.
Shahrimizning bugungi qiyofasini yashnatib turgan manzarali daraxtlarni asrab-avaylash, yangi kӯchat va gullarni ekish, ekologik madaniyatni yuksaltirish orqali atrof-muhitni toza saqlash eng dolzarb masalalardan biri ekanligi alohida ta’kidlandi.
Festivalning mantiqiy davomi manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish bo‘ldi. Shuningdek, tadbir doirasida bog‘ hududida obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Ekofestival so‘ngida partiya a’zolari safiga kirish istagida bo‘lgan bir guruh faollarga a’zolik biletlari topshirildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi