Buxoro yangiliklari

Buxoroda «Tutqunlik» filmi syomka qilinyapti

photo 209

Loading

«O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Buxoriylar» studiyasi tomonidan «Tutqunlik» dramasining suratga olish ishlari start oldi.

Film Suriyadan ayollar va bolalarni olib kelish bo‘yicha 2019-2020 yillarda o‘tkazilgan «Mehr» operasiyasiga bag‘ishlanadi.

Kinokartinada asosan, turli vaziyatlar bilan Suriyaga borib qolgan insonlar, oilalar taqdiriga urg‘u beriladi. Yaqin Sharqga ish izlab borgan yosh feldsher yigit, erining orqasidan borishga majbur bo‘lgan va uni yo‘qotib qo‘ygan ayol, ota-onasi Suriyaga olib ketgan 11 yoshli o‘spirin yigitcha kabi qahramonlar taqdiri haqida hikoya qilinadi.

Ssenariy muallifi Azamat Qorjovov, rejissyor Rashid Malikov, postanovkachi operator Aleksey Venzos, rassom Doniyor Abdurahmanov, liboslar bo‘yicha rassom Yelena Aitova. Filmda Nigina Anorboyeva, Feruza Sobitova, Anvar Mavlonov, Firdavs Oripov kabi aktyorlar rol ijro qilmoqda.

photo 01 27

Hozirda filmning tasvirga olish ishlari Buxoroda bo‘lib o‘tmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.