Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (05.07.2026)

horoscopy
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 5-iyul, yakshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Kechqurun faqat oilangizdagilar bilan suhbatlashib, chaqchaqlashib vaqt o‘tkazishingiz tavsiya etiladi.

Buzoq (21.04 — 21.05)
Oldingizda qilinajak ishlar bir talay. Ularni chin ko‘ngil bilan ado etishga harakat qiling. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Do‘stlar bilan suhbatlashganda, sizdan oratorlik talab etiladi. Bu narsa sizga moddiy manfaat ko‘rishingizda ham asqotishi mumkin.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Mabodo ishtahangiz karnay bo‘lsa, zudlik bilan parhez boshlashingiz kerak bo‘ladi. Aks holda ortiqcha vazn orttirib olishingiz aniq.

Arslon (24.07 — 23.08)
Pulingiz esa o‘zingiz xohlagan kabi ko‘p bo‘lmaydi. Demak qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish topishingiz lozim.

Parizod (24.08 — 23.09)
Rejalar, maqsadlar, umidlar ko‘p. Ammo ularni haqiqatga aylantirish katta muammo. Chunki siz bugun asosan uydagi yumushlarni ado etishingiz, oilali bo‘lsangiz, oilangiz haqida qayg‘urishingiz kerak.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Bugun sport bilan shug‘ullanish, meditatsiya, moliyaviy yo‘nalishda qo‘shimcha bilimlarga ega bo‘lish amallari xayrli kechadi.

Chayon (24.10 — 22.11)
Shu kunga qadar sizga hamrohlik qilgan hayot qoliplaridan bo‘shang. Bu qoliplar eskirgan. Endi sizga tirgak bo‘la olishmaydi.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Moddiy ahvolingizdan nolimaysiz. Zahiradagi pullar hali ancha vaqtga yetadi. Muhabbatda juda ehtiyotkor bo‘ling.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Bugungi kun sizning ziyoningizga ishlay boshlashi mumkin. Rejalar birin-ketin barbod bo‘la boshlaydi. Biroq ruhan tushkunlikka tushmang

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Yaxshisi, bugungi kuningizni madaniy dam olishga bag‘ishlang. Bundan tashqari, sog‘lig‘ingizni mustahkamlang, ajoyib insonlar bilan suhbatlar quring.

Baliq (20.02 — 20.03)
Bugun xotirjamlikka alohida e’tibor qaratishingiz tavsiya qilinadi. Shunday vaziyatlarga duch kelasizki, jahl va alam hissi zo‘r kela boshlaydi.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.