Buxoro yangiliklari

Peshko‘da ham koronavirusga qarshi emlash ishlari ketmoqda

photo 03 37

Loading

Tumanda emlash ishlarini boshlash maqsadida 2021-yil 7-aprel kuni viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazidan 900 doza Covishield (Astra Zeneca), 500 doza ZF-UZ-VAC 2001 O‘zbekiston-Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan vaksinalar maxsus avtotransportda olib kelindi. Vaksinalar bilan bir qatorda ushbu vaksinasiya jarayoni uchun zarur bo‘lgan barcha tibbiy vosita, dori-darmonlar Respublika byudjeti va xalqaro tashkilotlar homiyligida yetkazib berildi.

Maxsus himoya kiyim boshlar, kontaktsiz pirometrlar, antiseptik vositalar, spirt, paxta, tibbiy chiqindilar uchun maxsus idishlar, metodik qo‘llanmalar shular jumlasidandir.

Ushbu vaksinalar bilan birinchi navbatda tuman markazidagi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘iga asosan, 65 yoshdan yuqori aholi hamda tibbiyot xodimlari ixtiyoriy ravishda emlanishi ko‘zda tutilgan.

photo 01 42
photo 02 39

Kecha, 8-aprel kuni tuman tibbiyot birlashmasining markaziy poliklinikasida Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi hamda tibbiyot xodimlarining 10 nafari COVID-19 ga qarshi tibbiyot xodimlari nazorati ostida emlash o‘tkazildi. Emlash tadbirini o‘tkazish maqsadida tumanda 13 ta emlash punkti tashkil qilingan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.