Buxoro yangiliklari
G‘ijduvonda ham bugun COVID-19 ga qarshi emlash ishlari boshlandi
Xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamini bosqichma-bosqich emlash tadbirlari boshlandi.
Tumanda jami 3 000 doza ASTRAZENECA, 800 doza ZF-UZ-Vac2001 olib kelingan bo‘lib, birinchi navbatda 65 yoshdan yuqori aholi qatlami hamda xavf osti guruhida bo‘lgan tibbiyot xodimlari orasida emlash tadbirlari o‘tkazish boshlandi.Tumanda 24 ta emlash xonalari, 24 ta emlash brigadalari va 13 ta mobil brigadalari tuzilgan bo‘lib, har bir emlash xonalari to‘liq jihozlangan va emlash xonasi tibbiyot xodimlari 22 turdagi shaxsiy gigiyena vositalari bilan to‘liq ta’minlandi. Tumandagi yotoqda bo‘lgan bemorlar uyida borib mobil brigadalari yordamida emlanadi. Nojo‘ya ta’sirni oldini olish va birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida tibbiyot birlashmasi tarkibida 6 zaxira o‘rinli xona tashkil etildi.
Har bir emlash, o‘tkaziladigan tibbiyot maskanida umumiy amaliyot shifokori ko‘ruv xonasi, emlash xonasi va emlash olgandan so‘ng nazorat xonalari tashkil etilgan .
Emlashga kelgan aholini tana harorati o‘lchanib, qo‘llariga antiseptiklar bilan ishlov berib qabul qilinmoqda. Har bir aholini umumiy amaliyot shifokorlari qon bosimi, tana haroratini va pulsini o‘lchab, umumiy ahvolini tekshirib keyin emlashga ruxsat bermoqdalar. Emlanganlarni patronaj hamshiralar 3 kun davomida uyga tashrif buyurish yo‘li bilan surishtirish ishlarini olib boradi va sog‘lig‘i ko‘zdan kechiriladi.
Tuman ko‘p tarmoqli poliklinika umumiy amaliyot shifokorlari bo‘limida emlash jarayonlarini tuman sanitariya-osoyishtalik markazi boshlig‘i S. I. Hayitov boshchiligida epidemiolog shifokorlar va M. Kamolovlar bilan birgalikda nazorat qildilar.
Emlashga kelgan aholiga shaxsiy namuna sifatida sanitariya-osoyishtalik markazi boshlig‘i S. I. Hayitov, epidemiolog vrachlar Sh. Dushanov, F. Xo‘jayev, D. Hamdamov, epidemiolog vrach yordamchisi A. Nurovlar birinchilar qatorida emlandilar.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi