Buxoro yangiliklari

Qorako‘lliklar ham COVID-19 ga qarshi emlanmoqda

photo 01 46

Loading

Yuqumli kasalliklar bo‘yicha eng samarali profilaktika bu-vaksinasiya, aholini ommaviy emlash hisoblanadi. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlari qatorida o‘tgan yil dekabr oyidan boshlab yurtimizda ham aholini ommaviy emlash jarayonlariga tayyorgarlik boshlab yuborilgan edi.

Joriy yilning 9-aprel sanasida Qorako‘l tumaniga Serum Institute of India PVT Ltd. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Vacuna ChAdOx1 nCoV-19 contra el Coronavirus (Recombinante) COVISHIELD vaksinasidan 2900 dona keltirildi, – deya xabar bermoqda Qorako‘l tumani Tibbiyot birlashmasi.

Birinchi navbatda Qorako‘lda yashovchi 65 yoshdan katta aholi hamda tibbiyot xodimlari orasida emlash boshlab yuborildi.

Jumladan, birinchilardan bo‘lib, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Elyor Oltiyev, birlashma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, hamda SEO va JSX bosh epidemiologi COVID-19 ga qarshi emlashlarni olishdi.

Shu kuni jami 110 nafardan ortiq fuqarolar koronavirusga qarshi emlanishdi.

Eng muhimi, emlanganlar orasida biror marta nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmadi.

65 yoshdan katta aholini tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasidagi emlash punktiga taklif qilib, tibbiy ko‘riklar natijasiga qarab, dushanbadan emlashlar davom ettirilishini eslatib o‘tamiz.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.