Buxoro yangiliklari
Romitanda 2 900 nafar ishchini qabul qiladigan korxona qurilmoqda
Kecha, 12-aprel kuni Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi Romitan tuman hokimi Xurshid Toxirov, viloyat va tuman sektor rahbarlari tumandagi “Qahramon” mahalla fuqarolar yig‘inida yangi ishga tushishi rejalashtirilayotgan “WBM Romitex” MChJ da tashrif buyurib, korxonada amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirishdi.
Viloyat hokimi korxonada olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishib, zamonaviy texnologiyalar o‘rnatish borasida quruvchi-mutaxassislar bilan suhbatlashdi. “WBM Romitex” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan umumiy qiymati $135 000 000 (shundan $15 000 000 o‘z mablag‘i, $120 000 000 to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya) bo‘lgan to‘quvchilik sexi, jinsi gazlama mato hamda trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi bilan tanishdi.
Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, loyihaning yillik ishlab chiqarish quvvati 22 000 tonna ip-kalava, 22 000 000 pagonometr gazlama va 22 000 000 dona to‘quv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi. Korxona 2022-yilda ishga tushurilishi rejalashtirilgan, to‘liq quvvatda ishga tushirilgandan so‘ng bu yerda 2 900 ta bo‘sh ish o‘rinlari yaratiladi.
Uchqun Tojiyev, sayt bosh muharriri
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi