Buxoro yangiliklari

Buxorolik “marixuanachi” qo‘lga olindi

photo 233

Loading

Buxoro viloyatida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, egallash, tayyorlash, olish, saqlash hamda boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni o‘tkazish, iste’mol qilishga jalb etish, ishlab chiqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoiy hatti-harakatlarni aniqlash borasida barcha huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda maxsus, tezkor va profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi tadbir Buxoro viloyati IIB hamda Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazildi.

Buxoro shahrida o‘tkazilgan ushbu tadbirda, Buxoro tumani Urganjixona ko‘chasida yashovchi, 1979-yilda tug‘ilgan X. O. Buxoro shahri A. Jomiy ko‘chasida fuqaro R. M. ga 2 dona gugurt qutilarga qadoqlangan holdagi sof vazni 8,21 grammga teng bo‘lgan (viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Ekspert kriminalistika bo‘limining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra) miqdordagi quritilgan “Marixuana” giyohvandlik vositasini 2 000 000 so‘m naqd pul evaziga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan birgalikda qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan X. O. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.