Buxoro yangiliklari

Romitan darvozasi qurib bitkazildi

photo 02 110

Loading

Kuni kecha, aniqrog‘i, 24-iyul kuni Romitan tumaniga kirish darvozasining ochilish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda viloyat hokimligi, shahar-tumanlar hokimlari, jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Botir Zaripov yig‘ilganlarni samimiy qutladi.

— Xalqimizda yo‘l boshida aytilgan niyat albatta ijobat bo‘ladi degan naql bor. Biz ham bugun Romitan tumaniga kirish yo‘lida bir niyat qilamiz: Romitan tumanining ushbu yangi darvozasidan faqatgina ezgulik, baraka kirsin. Bu darvoza tumanning rivojlangan iqtisodiyoti, aholisi farovonligi ramzi bo‘lib, barchani o‘ziga chorlasin, – dedi viloyat rahbari.

photo 01 107

Marosimda darvoza qurilishida o‘z hissasini qo‘shgan barcha tashkilotchilar, ayniqsa, ushbu harakatga bosh bo‘lgan tuman hokimi, shuningdek, tashabbuskor homiylar xizmatlari alohida e’tirof etildi. Ularga minnatdorlik bildirilib, ehtirom ko‘rsatildi. Alvon lenta qirqilib, darvoza ramziy ochildi.

Tadbir ishtirokchilari “Sherdor” restoranida mehmon qilindilar.

U yerdagi suhbatlarda mamlakatimizda so‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, erishilayotgan muvaffaqiyatlar, yutuq va marralar xususida so‘z bordi. Shu ma’noda darvozani bunyod etishda jonbozlik ko‘rsatgan quruvchi-muhandislarga izzat-ikrom ko‘rsatildi.

Tadbir tuman madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan konsert dasturiga ulandi

photo 03 97
Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.